har doim murojaat qiladigan kataloglami qo‘shimcha tarzda
qo‘shish mumkin.
13.6. Tabulatorlar sarlavhasi
Tabulatorlar sarlavhasi bevosita fayl panellari ustida joylashgan
bo‘ladi. Ular ustunlar nomini aks ettiribgina qolmasdan, fayllar
ro‘yxatini nomi, kengaytmasi (tipi), o‘lchami va yaratilgan sanasi
bo‘yicha saralash imkonini beradi, buning uchun kerakli sarlavha
ustida «sichqoncha» tugmasini bosamiz. Belgini takroran bossangiz,
joriy saralash teskari tartibda amalga oshadi. Foydalanuvchi
tomonidan shakllantirilgan ustunlar yig‘masida sarlavhalar shu
ustunlar nomini aks ettiradi. Hamma hollarda ham ish uslubi bir
xil taizda bo‘ladi.
Saralash sarlavhasi xuddi bosilgan tugma (13.8-rasm)
ko‘rinishida bo‘ladi, sarlavha matnning chap tomonidagi kichkina
strelka saralash yo'nalishini ko‘rsatadi. Agar qo‘shimcha saralash
tartibi berilgan bo‘lsa, strelka yonida ustunlar ketma-ketligiga mos
kichik raqamlar ham beriladi.
Tabulatorlar sarlavhasi fayllar ro‘yxatidagi ustunlar chegarasini
«sichqoncha» yordamida surish imkonini beradi. Qisqa rejimdan
tashqari ixtiyoriy rejimda, u yerda ustunlar o‘lchami avtomatik
tarzda q o ‘yiladi.
|»H
ma
Tun
Pa3Mep 1/laTa
lAipn6yTbi
13.8-rasm. To‘liq rejimda aks ettirish uchun tabulatorlar sarlavhasi.
13.7 Fayllar paneli
Fayllar paneli TC oynasining eng muhim qismidir. Qolgan
komponentlar qanchalik qiziq va foydali bo‘lishidan qat’i nazar,
yordamchi rolni o‘ynaydi. Amalda ulaming hammasini turli tashqi
dasturlar yoki turli sozlashlar orqali o‘chirish mumkin, ammo
bitta bo‘lsa ham fayl paneli ekranda qoladi (13.9-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |