‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
«Merkantilizm
to‘g‘risidagi mulohazalar» va «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) nomli asarlarida merkantilizmning ayrim g‘oyalarini qo‘llaydi, unda «amaliy donolik» kurtaklari borligi ta ’kidlanadi. Eksportning importdan ko(pligi, oltinlaming oqib kelishi esa pulga taklifni kuchaytirib, foiz stavkalarini pasaytiradi va shu bilan investitsiya va bandlikni rag batlantiradi. Keyns shulami «merkantilizm doktrinasidagi ilmiy haqiqat uruglari» deb ataydi. Umuman, J.M. Keyns mavjud sharoitlarda klassik maktab aqidalari ish bermasligini ta’kidlaydi. Hozirgi til bilan aytganda, bozor muno sabatlari avtomatik ravishda barcha ziddiyatlami hal eta olmaydi, shu sababli davlatning iqtisodiyotda faol ishtirok etishi taklif etiladi (bular haqida to‘la ma’lumot maxsus boblarda beriladi). Keyns o‘zini merkantilistlar bilan yaqinlashtiruvchi to‘rt sohani berdi: 1. Merkantilistlar mamlakatdagi pul massasini oshirishga intilib, ssuda foizini pasaytirish va investitsiyalami rag'batlantirishni o‘ylaganlar. 2. Merkantilistlar baholar oshuvidan qo‘rqmaganlar va yuqori baholar savdo va ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantiigan. Keynsning fikricha, «mo‘tadil inflatsiya» iqtisodiy faollikni qo‘llab-quwatlaydi. 3. Merkantilistlar «pulning yetishmasligi ishsizlikning sababchisi ekanligi» to‘g‘risidagi tushunchaning asoschilari bo‘lganlar. Keynsning fikricha, bank va davlat budjeti kamomadini kredit eks- pansiyasini oshirish yo‘li bilan pul miqdorini oshirish ishsizlikka qarshi kurashishda muhim qurol bo'lishi mumkin. Ishsizlik bir qancha obyektiv sabablaiga bog‘liq edi, masalan agrar sohada u ko'pincha mavsumiy edi, ya’ni qishloq xo'jaligi ishlarining tugashiga yoki kam hosilli yillarga to‘g‘ri keladi. Hatto sanoatda ham bu holat qayd etiladi, ya’ni daiyodagi qishki muzlar yoki bahoigi toshqinlar suv tegirmonlarini to‘xtatib qo‘yganidek; 4. Merkantilistlar o‘z siyosatlarining milliy xarakteri va uning urush- lar ochish yo'nalishini ochiqdan-ochiq namoyon qiladilar. Keyns proteksionizm mazkur mamlakatda ishsizlik muammosini hal etishga yordam bera oladi, deb hisoblagan va iqtisodiy millatchilik tarafdori bo‘lgan. Bunga yana bir masalani, beshinchi moddani ham qo'shmoq kerak, chunki davlat bu holatda iqtisodiyotda muhim rol o'ynaydi. Buni Keyns o‘z-o‘zidan ravshan narsa deb tushungan bo‘lsa ehtimol. Ma’lumki, asrimizning 60-70 - yillari mustamlakachilik tizimining yemirilishi va ko‘plab yangi mustaqil davlatlaming vujudga kelish davri hisoblanadi. Bu davrda «nomerkantilizm» g'oyalari ilgari surilgan. Rivojlanayotgan davlatlaming ko‘pchiligida iqtisodiyotda davlat sektorining kattaligi, xalq xo‘jaligida reja va dasturlar mavjudligi, milliy sanoatni bojxona tariflari bilan himoya qilish va boshqa choralar «nomerkantilistik» hisoblanadi. Ikki tomonlama savdo shartnomalari, davlat zayomlari yo‘li bilan industrializatsiyani moliyalash, baholami tartibga solish va monopoliyalar daromadini cheklash ham shu ta’limotga to‘g‘ri keladi. 90-yillarda boshlangan, ilgarigi sotsiaUstik rivojlanish yo'lidan borayotgan davlatlaming bozor munosabatlariga o‘tish davridagi iqtisodiy siyosati ham ko‘p jihatdan yuqorida keltirilgan holatlarga juda o'xshashdir. Ayniqsa, tadrijiy (evolutsion) yo'lni tanlagan davlatlarda bu siyosat ancha kuchlidir (bu to‘g‘rida kerakli ma’lumotlar mazkur boblarda beriladi). Shu sababU merkantilizm ta’limotini har tomonlama o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling