‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Klassik iqtisodiy maktab paydo bo‘lishining tarixiy shart-
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- Isaak Nyutondir
6.1. Klassik iqtisodiy maktab paydo bo‘lishining tarixiy shart-
sharoitlari va uning xarakteristikasi Merkantilizm o‘miga klassik (lot. namunali, haqiqiy) iqtisodiy maktab vujudga keldi. Chunki awalgi ta’Iimot sanoatlashayotgan sohibkorlar talablariga javob bermay qo‘ydi («Klassik maktab» atamasi K.Marks tomonidan berilgan). Paydo bo‘layotgan yangi muammolami hal etish yangi yo'nalish tarafdorlari zimmasiga to‘g‘ri keldi. Uning namoyandalari o‘z ilmiy tadqiqotlarining asosi qilib kishilikning ishlab chiqarish sohasini oldilar va kapitalizmni ilmiy tahlil qilish bo'yicha dastlabki muhim qadamni qo'ydilar. Klassik maktab ishlab chiqarishning yangi usuli shakllanayotgan va mustahkamlanayotgan davrda vujudga keldi. Kapitalizm ayrim mamlakatlarda tarixiy shart-sharoitlarga mos ravishda feodal munosabatlarning saqlanganlik darajasiga qarab turlicha rivojlandi. Bu jarayonlar dastlab XVI asrda Angliyada ro‘y bera boshladi. Feodalizm yemirilib, uning zaminida kapitalistik, ya’ni bozor munosabatlari shakllana bordi. Uy hunarmandchiligi o‘miga manufakturaning kirib kelishi katta ijobiy voqea bo‘ldi. Tarix, xalq xo'jaligi tarixi va boshqa ijtimoiy fanlami o‘qiganda hunarmandchilik, sex va manufaktura nima ekanligi bayon etiladi, uy hunarmandchiligida hamma asosiy ishlar bir odam yoki oila tomonidan bajarilgan (xomashyoni tayyorlash, qayta ishlash, sotish...), unda aniq mehnat taqsimoti yo‘q, manufakturada esa (manu - qo‘l, facture - tayyorlash) mehnat taqsimoti, kooperatsiya, yollanma ishchi kuchi, demak, kapitalistik ishlab chiqarishning kurtaklari paydo bo‘ldi. XVI asrdan boshlab dastlab Angliyada dehqonlaming yerdan mahrum qilinishi (yer yirik lendlordlar qo‘liga o‘ta boshladi) ro‘y berdi, yomenlar - dehqon sinfi tugatildi, oqibatda kapitalistik fermerchilik yuzaga keldi (ular yemi lendlordlardan uzoq muddatli ijaraga olgan), ular yollanma mehnatdan (krepostnoylik emas) keng foydalangan, keyinchalik texnikani, ilmiy texnika yangUiklarini keng qo'llaganlar. Agrar inqilob, islohot nomini olgan bu o‘zgarish manufaktura sanoatining rivoji bilan bog‘liq. Dastlabki paytlarda bu sohada mato to'qish asosiy ish edi. U nihoyatda foyda keltiruvchi sohaga aylandi. Matoga talab oshdi, uni qondirish uchun, sanoat uchun kerakli xomashyo bazasini yaratish talab qilindi. Xomashyo esa jun bo‘lib, qo'ylardan olinardi. Manufaktura rivojiga jun kerak, buning uchun qo'ylar sonini oshirish talab etildi, ko‘p qo‘y boqish uchun esa yangi keng yaylovlar zarur, oqibatda cha- kalakzor, botqoq, bo‘z yerlar chegaralanib («yerlami chegaralash» degan ibora shundan kelib chiqqan) yaylovga aylantirildi, Dehqon (yomen)lar o‘z yerlaridan haydab chiqarildilar, yerlari esa tortib olinib, yaylovlarga aylantirildi. Bu jarayonning muhim ahamiyati bor: 1. manufaktura (sanoat) uchun xomashyo ko‘paydi; 2. sanoatga ko‘p va arzon ishchi kuchi yetkazib berildi ( yerdan mahrum bo‘lgan, haydalgan dehqonlar ish qidirib shaharlarga borganlar). Oqibatda sanoat tez o‘sa boshladi, yangi sinflar paydo bo‘ldi. Demak, sanoatdagina emas (manu faktura), qishloq xo‘jaligida ham kapitalistik munosabatlar g'alaba qo- zondi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga yo‘l ochib berildi. Lekin ko‘plab dehqonlaming ekspropriatsiya qilinishi (yersizlantirilishi), ulami zo‘rlik yo‘li bilan yollanma mehnatga jalb etilishi (chunki boshqa iloj yo‘q) qarama-qarshilikni kuchaytirdi, oqibatda 1641-1660-yillarda Angliyada inqilob bo‘lib o‘tdi. XVII asrdagi Nideiiandiya keyingi ikkinchi bu inqilob burjua inqilobi bo‘lib, u Angliyadagi feodal jamiyatga chek qo‘ydi. Angliya respublika deb e’lon qilindi, parlament vujudga keldi, demokratik jarayon kuchaydi. Xalq xo‘jaligining yuksak rivoji ilmiy kashfiyotlami taqozo etdi. Shu davrda Angliyada tabiiy fanlar, ayniqsa, mexanika, astronomiya va fizika tez rivoj topdi. Bu davming eng buyuk vakili Isaak Nyutondir (1643- 1727), Tomas Gobs (1588-1679) ingliz faylasufi, mexanistik materializm sistemasining asoschisi sifatida katta ahamiyatga ega. Uning fikricha, jamiyat mexanizmga o‘xshash narsa, uning oddiy elementi inson degan g‘oya yotadi. «Inson insonga bo‘ri» iborasi shu olimga tegishli, uningcha egoizm insonni harakatlantiruvchi kuchdir. Bu olimda tarixga zid fikrlar mavjud bo‘lishiga qaramay, uning fikricha, ijtimoiy hayotda ham xuddi tabiatdagi kabi obyektiv qonuniyatlar mavjud. Ana shunday sharoitda klassik iqtisodiy maktab shakllandi va rivojlandi. Bu davrda merkantilizm ta’limoti talabga javob bermay qo‘ydi va uning buzilishi ro‘y berdi. Merkantilistlardan farqli ravishda (ular iqtisodiyotning faqat muomala sohasinigina tahlil etganlar), klassik maktab namoyandalari feodalizm o‘miga kelgan nisbatan progressiv kapitalistik munosabatlaming ichki iqtisodiy aloqalarini o‘rgandilar va o‘z tadqiqotlarini asosan ishlab chiqa rish sohasiga ko‘chirdilar. Klassik iqtisodiy maktab deganda V.Pettidan boshlanadigan iqtisodiy tadqiqotlar tan olinadi, bu ta’Iimot ishlab chiqarishdagi bozor munosabatlarming ichki aloqadorligini o'rganadi va tahlil etadi. V.Petti klassik maktab otasi va statistikaning kashfiyotchisidir. Angliyada V.Petti, Fransiyada P.Buagilber shu maktabning boshlovchilari bo‘lsa, Fransiyada shu maktabning bir yo'nalishi bo‘lgan fiziokratlar vujudga keldi (F.Kene, A.Tyurgo) va u ASmit, D.Rikardolar bilan yakunlanadi. Bu davr kapitalistik munosabatlar rivojiga yo‘l ochib berdi. RXeylbronerva L. Turoulaming fikricha («Экономика для всех»), ishlab chiqarish omillari vujudga keldi: mehnat, yer va kapital tovaiga aylan tirildi, bungacha ular tovar bo'lmagan. Hoziigi davr tili bilan aytganda, bozor tizimi, bozor jamiyati barpo etila boshlandi. Yangi ta’limotning klassik (mumtoz) deb atalishiga sabab shuki, hoziigi iqtisodiyotning asosida yotuvchi ko‘pgina nazariya va metodologik qoidalaming haqiqiy ilmiy xarakteri bilan izohlanadi. Mana shu maktab namoyandalarining xizmatlari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy fan darajasiga ko‘tarildi. Erkin xususiy tadbirkorlikning ahamiyati isbotlab berildi. P.Samuelson fikricha, yangi ta’Iimot to‘la laisser faire (ya’ni tadbirkorlik faoliyatiga davlatning mutlaq aralashmasligi) sharoitiga o‘tishga va voqealaming boshqacha rivojiga olib keladi va faqat XIX asming oxiiiarida deyarli barcha mamlakatlarda davlat iqtisodiy ftmksiyalarining doimiy kengayishi ro‘y berdi. Bu ta’Iimot namoyandalari Angliyada V.Pettidan to D.Rikardogacha, Fransiyada P.Buagilberdan S.Sismondigacha (XIX asming o‘rtalarigacha) yangi jamiyatning haqiqiy ishlab chiqarish mnnosabatlarini tadqiq etdilar. Ulaming fikricha, erkin xo‘jalik faoliyatida shu davrdagi tuzum mukammal deb qaraladi. Ya.S. Yadgarov klassik maktab rivojlanishida (ma’lum shart bilan) 4 bosqichni ajratadi: 1-bosqich XVII asr oxiri — XVIII asr boshiga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda merkantilizm ta’limotining xatolari yoritib beriladi va uning asoschilari V.Petti va P.Buagilber bir-biridan bexabar qiy- matning mehnat nazariyasini ilgari surdilar va har qanday qiymatning manbayi va o‘lchovi sifatida tovar mahsulot yoki boshqa boylikni yaratish uchun sarflangan mehnat miqdori hisoblanadi. Boylik va farovonlik muomala sohasida emas, ishlab chiqarish sohasida yaratilishi ko‘rsatiladi. Bu bosqich XVIII asr o‘rtalarida va 2-yarmida fransiyalik F.Kene va A.Tyuigolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi. Sof mahsulot (milliy daromad) manbayini qidirish orqali asosiy e’tibomi mehnat bilan yerga qaratdilar. Merkantilizm tanqid qilinib, tahUlda ishlab chiqarish asossiz ravishda muomala sohasidan to‘la ajratib qo‘yilgan. 2- bosqich. XVIII asr oxiri va XIX asr boshiga to‘g‘ri kelib, A.Smit asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalarda aks etgan. 3- bosqich. XIX asming 1-yarmiga to‘g‘ri kelib, fiansiyalik J.B. Sey va F. Bastiya, inglizlar D. Rikardo, T. Maltus va N. Senior, amerikalik G. Keri va boshqalar asarlaridagi g‘oyalar bilan bog‘liq. 4- bosqich. XIX asming 2-yarmiga to‘g‘ri keladi va J.S. Mill g‘oyalarida o‘z nihoyasiga yetadi. K.Marksga ham shu bosqich vakili sifatida qara ladi lekin, fikrimizcha, bu unchalik to‘g‘ri emas. Bu bosqichlaming xususiyatlari tegishli boblarda yoritiladi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling