Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги тошкент ахборот технологиялари университети “ахборот технологиялари” факультети
«Iqtisodchi» texnologiyasi (Mualliflik)
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
6OIK7nngJPR3g0p2PhwnDCu5NGKIk38phO7YuNKG
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Iqtisodchi-rahbar» texnologiyasi
«Iqtisodchi» texnologiyasi (Mualliflik)
Bu usul interfaol texnologiya bo'lib, talabalarda fikriy bog'liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o'z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahorati ni shakllantiradi. Iqtisodiy iboralarni pedagogik terminlar bilan to'ldirishda yordam beradi. «Iqtisodchi-rahbar» texnologiyasi Bu usul talabalarni ijodiy, mustaqil, obrazli fikrlashga o'rgatadi. Ish rejasini tuzish, tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Masalan, «0'zini-o'zi boshqarish», «Rahbarning tashkiliy qobiliyatlari», «Zamonaviy tadbirkor shaxsi», «Zamonaviy iqtisodchining shaxsi» deb nomlanuvchi mavzularning yakunida «Iqtisodchi-rahbar» degan yangi usuldan foydalaniladi. Har bir tala-baga varaqlar tarqatiladi. ularda «Men-firma direktori», «Men rek- tor», «Men-bankir», «Men-tadbirkor», «Men-deputat» kabi savollar yozilgan bo'ladi. Har bir guruh talabasi o'ziga tushgan faoliyatni ta'riflab, mazmunini ochib beradi,uning ish yuritishi va hatto, kiyi-nishigacha gapirib beradi. Javob beruvchi talabaga beriladigan savol-larning 5-7 tadan oshmasligi shart. Oxirida tahlil qilingan obrazning ishi va uning kasbiy sifatlari, mehnat faoliyatining mazmuni, ish sharoitlari, o'ziga xos harakatlarining manzarasi ifodalanadi. Bu o'yin-usuli talabalarni ijodiy, mustaqil, obrazli fikrlashga o'rgatadi. Ish rejasini tuzish, tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Psixotexnik o'yinlar didaktik o'yinlarning o'ziga xos xususiyatiga ega boigan turi hisoblanadi. Bu o'yinlar o'quv jarayonida kerak bo'luvchi malaka, xotira, fikrlash, diqqat va tasavvur kabilarni shakllantiruvchi o'qitish usuli hisoblanadi. Psixotexnik o'yinlar ko'proq umumiy malakalarni rivojlantirishga qaratilgandir. Masalan, o'quv jarayonida bilimlarnitartib-tizimiga solish ularni mustahkam egallashga yordam beradi. Axborotni tizimga solish jarayonida talabadan diqqat talab etiladi. Bunda talabaga tartibsiz holda axborot tarqatilib, ularni ma'lum belgi asosida guruhlarga aj rat ish yuklatiladi. Press-ekspress uslubiyoti asosida tashkil etiluvchi o'yinlar talabalarning bilimlarini mustahkamlashga yordam berish bilan birga ularni hozirjavoblikka o'rgatadi. Buning uchun o'qituvchitomonidan ma'lum mavzuga bag'ishlangan va qisqa javob talab etuvchi 10-15 ta savol tuzilishi lozim. Har bir javob uchun 2-3 soniya ajratiladi. Ya'ni talabalardan qisqa vaqt ichida og'zaki javob berish talab etiladi. Bu jarayonda talaba o'zi bilgan axborotlar ichidan kerakli javobni tez topishni o'rganadi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling