Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги тошкент ахборот технологиялари университети “ахборот технологиялари” факультети
Masofaviy ta'lim li/iini va o'qitisfaning texnik vositalari
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
6OIK7nngJPR3g0p2PhwnDCu5NGKIk38phO7YuNKG
2. Masofaviy ta'lim li/iini va o'qitisfaning texnik vositalari
Oliy ta'lim sohasidagi o'qitish usullari zamonaviy axborot vositalari biian boyitilishi natijasida ta'lim sifatining yanada ortishi kutil-moqda. Bu borada masofaviy o'qitish usuli o'qituvchi (pedagog) va o'quvchi-talabalar uchun ham qator qulayliklarga egaligi bilan alo-hida ahamiyatga egadir. Internet, multimediya kabi texnologik usul-lar o'quvchi-talabalar uchun zarur boigan o'quv materiallari, qoilanmalar asosida kompyuter dasturlarini ishlab chiqish vazi-fasini qo'ymoqda. Zero, masofaviy o'qitish liar qanday sohada ham jahon ta'lim markazlarining uslubiy adabiyotlari, zamonaviy ham-da so'nggi axborotlarni ohsh va ulardan jamlab foydalanish imkoniyat-larini beradi. Masofaviy o'qitish usuli an'anaviy ta'lim shakllaridan farq qila-di. U o'quvchi- talabalarni o'ziga qulay vaqtda, joyda va sharoitda o'qitish imkonini beradi. O'quv kursiga bog'liq bo'lmagan holda shaxsiy va guruh talabi asosida o'quv rejalari ishlab chiqiladi. O'qitish jarayonida o'quvchi-talabalarga ilmiy axborot va ma'lumotlar bo'yicha markazlashgan tarmoq orqali o'zaro axborot almashinuvini joriy etish mumkin. O'quv maydonlari, texnik va transport vositalaridan samarali foydalanish, ma'lumotlarni yig'ib bir tizimga solingan holda ifodalab berilishi va mutaxassislarni qayta tayyorlashda ham xarajat-larni kamaytirishga erishilishi kutilmoqda. Ta'lim-tarbiya berish jarayonida eng zamonaviy axborot, telekommunikatsiya va turli samarali texnologiyalardan foydalaniladi. Masofaviy ta'lim o'qituvchi (pedagog) va mutaxassislarning ham vaqtini tejab, imkoniyati darajasidan kelib chiqqan holda moddiy manfaatdorligini oshirish bilan mustaqil ta'lim olish uchun keng sharoit yaratib beradi. Ta'lim sohasida erishilayolgan yutuqlarning jahon ta'lim tizimi doirasida almashinuvini tashkil etish, bu so-hadagi yutuqlarni qo'lga kiritishni ta'minlashi shubhasizdir. Masofaviy o'qitish usuli mutaxassis o'qituvchi (pedagog) lar-ning oldiga yangidan- yangi dolzarb vazifalarni qo'ymoqda. Chunki o'quv materiallarining muntazam to'ldirib borilishi, ta'lim beruv-chilarning ijodiy yondashuv hamda yangiliklar bilan o'z malaka-sini oshirishlari va bu ko'rsatkichlarni jahon ilmi yutuqlari bilan muvofiqlashtirib borishlari talab etilmoqda. Bu o'qitish usuli ta'lim talabiga asosan o'quvchi-talabaning o'z ustida ishlashini tashkil etish, ko'proq bilim olishga intilishi, kompyuter bilan mustaqil ishlash va olgan bilimlaridan ijodiy foydalanishini ta'minlaydi hamda olingan bilimlar maxsus o'quv-uslubiy nashrlar, testlar biian tekshirilib, toidirilishi mumkin. Axborot texnologiyalarining keng miqyosda joriy etilishi bilan masofaviy o'qitishni bir qator ijtimoiy ahamiyatga molik masala-larni yechishda ham joriy etish mumkin. Ta'lim sohasiga bo'lgan fuqarolarning ehtiyojlarini qondirishda qulayliklar yaratish bilan respublikamizning malakali mutaxassislarga bo'lgan talabi ham qondi-riladi. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy va kasbiy faolliklarini oshi-rishga erishish mumkin. Xususiy tadbirkorlik bilan mashg'ul shaxs-larning jamiyat hayotidagi faolligini mustahkamlab. ularning dunyo-qarashini boyitishga xizmat qiladi. Bu esa oliy ta'lim tizimida yig'ilgan ilmiy yutuqlar, mutaxassis xodimlar va ularning ishtirokida yurtimiz-ning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashdek ustuvor rejalarni amalga oshirish vazifasini qo'ymoqda. Masofaviy ta'lim berish usuli respublikamiz sarhadlarini bosib o'tib, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi va jahon miqyosidagi yirik ta'lim markazlari bilan muloqotda bo'lib, ta'lim olishning yangi zamonaviy yaxlit ta'lim imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi. Masofaviy o'qitish geografik jihatdan turlicha joylashgan ta'lim muassasalari uchun mo'ljallangan edi. Lekin zamonaviy axborot-lar va telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ta'lim-tarbiya jarayonini uzoq masofadan turib amalga oshirishga yoi ochib berdi. Natijada masofaviy o'qitish uslubi asosida o'qitish tez vaqt ichida Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida o'qitishda yangi uslub-larni qoilashga yana birturtki bo'ldi. Masofaviy o'qitish bo'yicha Xalqaro Kengashning tahlillari shuni ko'rsatmoqdaki, bugungi kunda jahon miqyosida 10 milliondan ortiq talabalar shu uslub asosida ta'lim olishmoqda. AQShda shu uslub asosida o'qitish maqsa-dida yangi o'quv markazlari barpo etilmoqda hamda ular milliy kadrlarni zamon talablari asosida tayyorlash va qayta tayyorlash afzalliklariga egadir. Masofaviy o'qitishning quyidagi afzalliklari mavjud: O'qitishning ijodiy muhiti. Mavjud ko'pgina uslublar asosida o'qituvchi (pedagog) ilm toliblarini o'qitadi, o'quvchi-talabalar esa faqat berilgan materialni o'qiydilar. Taklif qilinayotgan masofaviy o'qitish asosida esa o'quvchi-talabalarning o'zlari kompyuter axborotlar bankidan kerak bolgan ma'lumotlarni qidirib topadi va o'zlarining tajribalari yordamida boshqalar bilan yaxshi muloqotda bo'lishini ta'minlaydi hamda o'z o'rnida mehnat ta'limi olishini rag'batlantiradi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling