Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўзбекистон ало а ва ахборотлаштириш агентлиги
5330500-Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi, Multimediya texnologiyalari, AT-servis) ta’lim yo‘nalishlari negizidagi: 5A331001-Internet ashyolari magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun maxsus (ixtisoslik) fanlaridan D A S T U R Annotatsiya Dastur 5A331001-Internet ashyolari magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5330500-Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi, Multimediya texnologiyalari, AT-servis) ta’lim yo‘nalishlarining 2017/2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar bo‘yicha tuzilgan. TUZUVChILAR: Djumanov J.X. - TATU «Kompyuter tizimlari» kafedrasi mudiri, t.f.d., professor. Abdurashidova K.T., - TATU «Kompyuter tizimlari» kafedrasi dotsenti Raximov M.F. - TATU «Kompyuter tizimlari» kafedrasi dotsenti, PhD Dastur Kompyuter injiniringi fakultetining 2021 yil 22 iyundagi №13-sonli Kengashi yig‘ilishida muxokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan. Kirish Hozirgi kunda oliy ta’lim tizimida axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari sohasiga mutaxassislar tayyorlashning sifatini oshirish katta ahamiyat kasb etadi. Shuni aytish kerakki, kelajakdagi oliy o‘quv yurtlaridagi mutaxassislar o‘zlarining professional faoliyatidagi tasavvur va tushunchalarini amaliy masalalarni hal qilishda qo‘llashi, muammolar va yechimlarni esa ko‘zlagan maqsadda ko‘rishi va tadbiq qilishi, hamda yangi bilimlarni qo‘lga kiritishi lozim. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlash uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini chet el davlatlari mutaxassislari bilan hamkorlikda oshirish muhimligini hisobga olgan holda, bazali ta’lim muassasasi sifatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarda yangi talablarga mos holda o‘quv rejalar va dasturlar takomillashtirilib, yangi talablarga binoan ishlab chiqarilmoqda. Bunday talablar doirasida - turli miqyosdagi ma’lumot uzatish tizimlar va tarmoqlarni qurish tamoyillari va arxitekturasini, qurilishidagi keng tarqalgan texnologiyalar uchun uskunalarni ishlash tamoyillarini, protokollarning ishlashi va ularning funksional imkoniyatlarini, ishlash unumdorligi va sifat ko‘rsatkichlarini, kanal, tarmoq, transport va amaliy pog‘onalarda ishlatiladigan protokollar (shular qatorida, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlarining va ularning tarkibiy qismlarining sifat ko‘rsatkichlari)ni ishlashi bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir. 5330500-Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi, Multimediya texnologiyalari, AT-servis) va 5350100-Telekommunikatsiya texnologiyalari (Telekommunikatsiyalar, Teleradioeshittirish, Mobil tizimlar) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari negizidagi “Internet ashyolari” magistratura mutaxassisligini tanlagan talabalar uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 3 ta ixtisoslik fanlari: “Kompyuter tarmoqlari”, “Ma’lumotlar bazasi” va “O‘rnatilgan tizimlar” bo‘yicha imtihon savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z ichiga qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling