Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги
-Telekommunikatsiya texnologiyalari ("Telekommunikatsiyalar"
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўзбекистон ало а ва ахборотлаштириш агентлиги
- Bu sahifa navigatsiya:
- (ixtisoslik) fanlaridan D A S T U R Annotatsiya
5350100-Telekommunikatsiya texnologiyalari ("Telekommunikatsiyalar",
"Teleradioeshittirish", “Mobil tizimlar”) ta’lim yo‘nalishi negizidagi: 5A350103 - Telekommunikatsiya tizimlarining dasturiy ta’minoti magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun maxsus (ixtisoslik) fanlaridan D A S T U R Annotatsiya Dastur 5A350103 - Telekommunikatsiya tizimlarining dasturiy ta’minoti magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5350100 - Telekommunikatsiya texnologiyalari ("Telekommunikatsiyalar", "Teleradioeshittirish", “Mobil tizimlar”) ta’lim yo‘nalishining 2017/2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar bo‘yicha tuzilgan. TUZUVChILAR: S.S. Parsiev - TATU “Telekommunikatsiya boshqaruv tizimlarining apparat va dasturiy ta’minoti” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent; U.R. Xamdamov - TATU, “Telekommunikatsiya boshqaruv tizimlarining apparat va dasturiy ta’minoti” kafedrasi professori, t.f.d., dotsent; J.B. Elov - - TATU, “Telekommunikatsiya boshqaruv tizimlarining apparat va dasturiy ta’minoti” kafedrasi dotsenti v.b., PhD; Dastur Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetining 2021 yil 22 iyundagi №11-sonli Kengashi yig‘ilishida muxokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan. Kirish Telekommunikatsiya tizimlari - bu aloqa kanallari orqali katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatishga mo‘ljallangan texnik va dasturiy vositalar to‘plami hisoblanadi. Bunday tizimlardan foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ining barcha ishtirokchilari o‘rtasida doimiy ravishda raqamli shaklda ma’lumotlarni uzatishni o‘z ichiga oladi. Butun tizimning ishlashini ta’minlash uchun foydalanuvchilarning ehtiyojlari asosida to‘g‘ri tuzilgan tegishli dasturiy ta’minot talab qilinadi. Hozirgi vaqtda foydalanuvchilarga keng va yuqori sifatli tarmoq xizmatlarni ko‘rsatish uchun multiservisli tarmoqlar jadal rivojlanmoqda. Multiservisli telekommunikatsiya tizimlari bu paketlarni almashtirish texnologiyasidan foydalangan holda ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan apparat va dasturiy muhit hisoblanadi. Bunday tarmoqlar orqali bitta tarmoq infratuzilmasi asosida turli xil texnologiyalar yordamida ma’lumotlarni uzatish, shuningdek ovozli va video xabarlarni almashish mumkin. Odatda, telekommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda ma’lumotlarni uzatish uchun maxsus dasturlardan foydalaniladi. Ushbu dasturlar yagona algoritmga sozlangan holda barcha tarmoq tugunlarining ishlashini soddalashtirish va standartlashtirishga mo‘ljallangan ma’lum protokollarga yoki mexanizmlarga muvofiq ishlaydi. Ushbu magistratura mutaxassisligining asosiy maqsadi axborot – kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatishi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, ularning tarmoq texnologiyalari sohasida malaka va ko‘nikmalarini oshirish, tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida axborot-kommunikatsion texnologiyalari sohasida yangi talablarga mos holda o‘quv rejalari va dasturlari takomillashtirish hamda yangi talablarga binoan ishlab chiqishdan iborat. Mazkur mutaxassislik doirasida talabalar turli xil arxitekturadagi telekommunikatsiya tizimlar va tarmoqlarni loyihalashtirish, yangidan yangi xizmatlarni tashkil etish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, tarmoq dasturiy ta’minotlari bozorini rivojlantishi, telekommunikatsiya va kompyuter tarmoqlarini boshqarish, telekommunikatsiya sohasida keng tarqalgan tizimlar va texnologiyalarni ekspluatatsiya qilish, tarmoq protokollarini sozlash va joriy qilish, tarmoqlarning ishlash unumdorligi va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, kanal, tarmoq, transport va amaliy pog‘onalarining ishlashi bo‘yicha ko‘nikma va malakani egallashadi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling