olmasligini tushunish qiyin. Chunki bu rasmlarning birida Sohibqiron mo’g’ulga,
yana birida hindga, uchinchisida boshqa bir millat vakiliga o’xshatib tasvirlanadi. Shu
tufayli biz uning asl qiyofasi qanday bo’lgani haqida aniq tasavvurga ega emasdik.
Ko’pchiligimiz uni sho’rolar davrida antropolog- haykaltarosh M.
Gerasimov
“yaratgan” qo’rqinchli byust orqali bilardik, xolos. Afsuski, tarix ilmida ham Amir
Temur haqida bir-biriga zid va qarama-qarshi fikrlar, chalkash talqinlar ko’p
uchraydi. Shuning uchun ham buyuk bobomizning portretini
qadimiy manbalarni har
tomonlama sinchiklab o’rganib, tarixiy-ilmiy haqiqat asosida yaratish talab qilinar
edi. Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, Amir Temur davriga oid ba’zi yozma
yodgorliklarda u zot haqida yetarli ma’lumotlar mavjud ekan. Jumladan, Amir Temur
saroyida yetti yil yashagan mashhur tarixchi Ibn Arabshox
bobomizning surati va
siyratini shunday tasvirlaydi: “Temur baland bo’yli, tik qomatli, keng peshonali,
kallasi katta, bag’oyat kuchli va salobatli,
oq-qizil yuzli, keng yelkali, qaddi-qomati
kelishgan, sersoqol, o’ng qo’li va o’ng oyog’i zaxmdor, ikki ko’zi
bamisoli ikki
shamday porlab turadigan, yo’g’on ovozli, ulug’ligi o’ziga yarashgan, qat’iy azmu
qaror bilan so’zlaydian, haqgo’y kishi edi. U zimdan qarash va ko’z ishoratlarini
sezadigan, idrokli,
sinchkov, har qanday ishoratdan ogohli kishi bo’lib, yuz berishi
mumkin bo’lgan hamma ishni oldindan ko’rib-bilib turar edi”. Turli manbalarda qayd
etilgan ishonchli tarixiy dalillarga tayangan holda, avvalo
Amir Temur portretining
bir necha xomaki variantlari tayyorlandi.30
Haykaltarosh Sohibqiron Temur obraziga murojaat qilar ekan, buyuk sarkarda
haqidagi adabiyotlarni,
miniatyura tasvirlarini, rassomlarning ishlarini sinchkovlik va
qunt bilan o’ranadi. U bu haqida shunday deydi: Amir Temur obrazini yaratish orzusi
menda ancha oldin paydo bo’lgan edi. O’shanda Samarqand shahrida bo’lganimda
tepamda huddi ulug’ bobomiz ruhi uchib yurganday qalbim laraga kelgan edi.
Samarqandga ikkinchi marta borganimda Zarafshon bo’yidagi tepalikning ustida
Do'stlaringiz bilan baham: