Zbekiston respu blikasi xalq


Tog’ jinslari yoshini aniqlashning paleontologik usuli


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/119
Sana01.11.2021
Hajmi0.87 Mb.
#170132
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   119
Bog'liq
giologiya

Tog’ jinslari yoshini aniqlashning paleontologik usuli 

Organizmlarning  qurigan  qoldiqlarini  uzoq  vaqt  o’rganish  shuni  ko’rsatadiki,  yer  qobig’ining 

qadimiy  qatlamlarida  o’simlik  va  xayvon  qoldiqlarining  kam  rivojlangan  sodda  shakllari,  bir 

muncha  yosh  yotqiziqlarda  esa  bir  muncha  yaxshi  rivojlanganlari  uchraydi.  Shuningdek  tog’ 

jinslarini  yoshini  aniqlashda  barcha  toshqotgan  jinslar  xam  bir  xilda  rol  uynamasligi  o’rganilgan. 

Organik dunyo tarkibidagi uzgarishlar juda xilma-xil sodir bo’lgan. Bir turdagi xayvonlar uzoq vaqt 

mavjudlikka ega bo’lgan bo’lsa ikkinchi bir turi esa tezda qirilib ketgan. Yer qobig’i qirqimida katta 

vertikal  tarqalishga ega  va ko’p qatlamlarda uchraydigan qoldiqlar uzoq yashaydigan organizmlar 

deyiladi. Jinslarning nisbiy yoshini aniqlashda ular kam yordam beradi. Unchalik geografik keng va 

vertikal  tarqalishga  ega  bo’lmagan,  bir  vaqtda  turlicha  uchraydigan,  ketma  -ket  xududlarda  bir-

biridan  ajratilgan  xayvon  qoldiqlari  yetakchi  toshqotgan  jinslar  deyiladi.  Bundan  tashqari  ular 

kamdan-kam topilma ko’rinishida emas, katta miqdordagi nusxada bo’lishi kerak. 

Yetakchi  toshqotgan  jinslarni  o’rganish,  yerning  turli  qatlamlaridagi  bir  yetakchi  shaklini 

boshqasi bilan almashinish smenasini o’rnatishning imkonini berdi. Jinslarning yoshini o’rnatish va 

ularni  bir  muncha  maydaroq  stratigrafik  bo’linishlarga  ajratish  uchun  faqatgina  yetakchi  shakillar 

qo’llanilib qolmay balki turli rayonlardagi fauna va flora komplekslari o’zaro solishtiriladi xam. 

Jinslarni  nisbiy  yoshini  aniqlash  uchun  qo’llaniladigan  toshqotgan  qoldiqlardan  tashkil  topgan 

turli xil tog’ jinsi qavatlarini o’zaro solishtirish usuli paleontalogik usul deyiladi. Paleontalogik usul 

o’rganilayotgan etapdagi xayotning rivojlanishi va xolatini o’zidan oldingi yoki keyingi etap bilan 

solishtirishga  asoslangan.  Shuning  uchun  nisbiy  geoxronologiya  qandaydir  bir  voqiylikni 

davomiyligini  emas  balki  faqat  ularning  ketma-ketligini  yoki  tarixiy  geologik  etaplarni  bir-biridan 

keyin kelish ketma-ketligini aks ettiradi. 

 


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling