MA'RUZA № 15
GEOSINKLINAL VA PLATFORMA VILOYATLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Yer qobig’ining geosinklinal zonalariga nisbatan tinch tektonik rejimda bo’lgan qismi
platforma deb ataladi. Platformalar katta-katta maydonlarni egallaydi. Platformalar ikki qavatdan
iborat bo’lib, pastki qavati burmalangan cho’kindi, yoxud metamorfik yoki magmatik jinslardan
tuzilgan bo’ladi. Ustki qavati gorizontal yotgan cho’kindi jinslardan iborat. Ustki qavati - chexol,
pastki qavati - fundament deb ataladi.
Yer qobig’ining uzoq vaqtlar cho’kindi jinslar to’planadigan va platformalar orasida joylashgan,
aktiv tektonik xarakatlar bo’lib turadigan qismi gyeosinklinal deb ataladi. Geosinklinal yer
qobig’ining asosiy geotektonik elementlaridan biri bo’lib, u platformaning aksini tasvirlovchi
zonadir. Geosinklinal rayonlarda turli-tuman, kuchli tektonik xarakatlar vujudga kelishi sababli
gorizontal xolda yotgan qatlamlar burmalanadi, egiladi va ayrim joylarda uziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |