Zbekiston respu blikasi xalq


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/119
Sana01.11.2021
Hajmi0.87 Mb.
#170132
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   119
Bog'liq
giologiya

Litosfyera. Yerning tashqi qattiq qismi litosfera (tosh qobik) deb ataladi (1-rasm). 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



1-rasm. Yerning ichki tuzilishi sxemasi. 

Litosferaning  qalinligi  taxminan  okean  suvlari  ostida  3-18km  ga  va  togliklarda  50–84km    ga 

teng. Uning eng qalin qismi Tyan-shan tog’larida deb xisoblanadi. 

Yerning  qattik  qismi  geofizika,  seysmologiya  va  graviyametriya  usullari  bilan  15–20  km 

chuqurlikkacha  o’rganilgan.  Burg’  quduqlari  yordamida  esa  faqat  15km  dan  oshiqroq  qismdagi 

qatlamlar tekshirilgan. 




Litosfera  qobig’i  turli  jins  va  minerallardan  tashkil  topib,  fizik  xossasi  va  tarkibi  bilan  farq 

qiluvchi ayrim ximiyaviy birikmalardan yoki sof ximiyaviy elementlardan iborat.  Litosferaning 16 

km qalinligigacha bo’lgan qismi quyidagi elementlarning ko’pligi bilan xarakterlanadi (1-jadval). 

Elementlar  

 

 

  Foiz xisobida 



 

  A.P. Vinogradov ma'lumotlariga ko’ra 

 

  Kislorod 



  46,8 

  Kremniy  

  27,3 

  Alyuminiy 

  8,7 

  Temir 


  5,1 

  Kaltsiy 

  3,6 

  Magniy 



  2,1 

  Natriy 

  2,6 

  Kaliy 


  2,6 

  Titan 


  0,6 

  Vodorod 

  0,15 

  Fosfor 

  0,08 

  Uglerod 

  0,1 

1-jadval 



Qolgan ximiyaviy elementlar birgalikda yer qobig’ining 0,5 %inigina tashkil etadi. 

Litosfera  tarkibidagi  turli  tog’  jinslarini  tashkil  etuvchi  kislorod,  kremniy,  alyuminiy,  temir  va 

kaltsiy ko’p tarqalgan elementlar xisoblanadi. 

Atmosfera,  gidrosfera  va  litosfera  qobiqlari  o’zaro  uzviy  bog’lik  bo’lganligi  uchun  yer 

yuzasining tarkibi va tuzilishida o’zgarishlar yuz berib turadi. 

Litosferaning  yuqori  qismi  asosan  cho’kindi,  magmatik  va  metamorfik  tog’  jinslaridan  tashkil 

topgan  bo’lib,  ximiyaviy  va  fizikaviy  xossalariga  qarab  ularni  granit–metamorfik  va  bazali 

qatlamlarga bo’lish mumkin. 



Granit  qatlamning  o’rtacha  qalinligi  50–70  km  bo’lib,  yer  qobig’ida  bir  xil  joylashmagan. 

Baland  tog’li  rayonlarda  granit  qatlami  60–80km,  past  tog’li  rayonlarda  esa  50–60  km.  Okean 

suvlari ostida granit qatlami deyarli uchramaydi yoki uning qalinligi 3–18 km dan oshmaydi.  

Granit qatlami tarkibi bir xil jinsli bo’lib, zichligi 2,6–2,7 gG`sm3 gacha o’zgaradi. Chuqurlik 

oshgan  sari  xarorat,  bosim  va  zichlik  tez  ortadi,  2,3–3,3  km  chuqurlikda  tog’  jinslarining  xarorati 

1000S ga yetadi. 

Bazalt  qatlamining  qalinligi  tekisliklarda  20–30  km,  yosh  tog’li  rayonlarda  15–20  km,  okean 

suvlari tubuda 5–6 km ni tashkil etadi. Uning zichligi 2,8–2,9 gG`sm3 bo’lib, kremniy oksidi kam 

bo’lgan (bazalt, gabbro va x.k.) jinslardan tarkib topgan. 

Granit  va  bazalt  qatlamlari  tarkibida  kremniy  va  alyuminiy  elementlari  ko’p  tarqalganligi 

sababli, birgalikda sial qatlami deb xam ataladi. 

Bazalt  qatlamining  ostki  qismida  Moxorovich  bo’luvchi  chizig’i  (chegarasi)  yotadi  (ushbu 

chegara  uni  birinchi  bo’lib  aniqlagan  yugoslaviyalik  geofizik  S.  Maxorovich  nomi  bilan  ataladi). 

Uning ostida Yerning mantiya deb ataluvchi qismi bo’lib, u quyidagi qobiqlarga bo’linadi:  

1. Barisfera qatlamining qalinligi 900km bo’lib, u kislorod va kremniy elementlaridan tashqari 

magniyga boy jinslardan tashkil topgan. Zichligi yuqori qismida 3,2-3,4 gG`sm3, pastki qismida 4–

4,6  gG`sm3  ni  tashkil  etadi.  2.  Oraliq  qobik  900–2900  km  chuqurlikda  joylashgan  bo’lib,  yer 

yadrosining  yuqori  qismi  bilan  chegaralanadi.  Uning  tarkibida  kislorod,  temir,  magniy,  nikel 

elementlari bor deb taxmin qilinadi. Zichligi 5,3–6,6 gG`sm3. 

3. Yer  yadrosi (mag’zi) 2900km  chuqurlikdan boshlanib,  uning markaziga-cha (6371,221 km) 

boradi.  U  eng  og’ir  moddalar–nikel  va  temirdan  iborat.  Zichligi  7–11  gG`sm3.  Yerning  yadro 

qismida bosim 3–4 mln. atmosfera, xarorat esa 2000–50000S. 

Ba'zi olimlar  yerning  yadro qismi 5100 km chuqurlikda (2200 km qalinlikda) suyuq massadan 

iborat deb qarashsa, ba'zilari yer markazigacha qattik jismdan iborat deb xisoblaydilar. Seysmologik 




tekshirishlar  aniqlashicha  yerning  granit  va  bazalt  qatlamlari  qattiq  jinslardan,  mantiya  va  yadro 

qobiqlari esa o’zining fizik xossalariga binoan suyuq, xamirsimon, parafin ko’rinishidagi moddadan 

iborat. 


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling