Zbekiston respu blikasi xalq
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
giologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- «fizikgyeologiya»
tuproqshunoslik (tuproq haqidagi fan), foydali qazilmalar gyeologiyasi (mineral xom ashyolarni
o’rganuvchi fan), gidrogyeologiya (yer osti suvlari haqidagi fan ) va boshqa fanlar o’rganadi, yerning yuzasini shakillari ularning paydo bo’lishi, rivojlanishi va tarqalishini giomorfolo-giya fani o’rganadi bu fan geologiya bilan geografiyani bir biriga bog’laydi .Yer shari shaklini giografiyani bir qismi bo’lgan giodeziya tekshirsa, uning fizik xususiyatlarini, gyeofizika, yer shari va qatlamlar munosabatini stratigrafiya, yerning ichki va tog’ xosil qiluvchi xarakatlarini gyeotyektonika va strukturali geologiya aniqlab beradi.
Umumiy geologiya kursida yerning moddiy tarkibi va tuzilishi haqidagi yuqorida ko’rsatilgan fanlar odatda «fizikgyeologiya» degan soxaga birlashtirilgan. Dinamik geologiya yer po’stini o’zgartiruvchi va tog’ jinslarini xosil qiluvchi (litogenez) protsesslar bilan shug’ullanadi. Nazariy geologiya geologik razvedka ishlari, yer po’stini geofizik metod yordamida tekshirish, neft qidirish geologiyasi, injenerlik geologiyasi (geologiyaning qurilishda qullanishi), xarbiy geologiya va boshqa amaliy geologiya fanlari bilan bog’liqdir. Dinamik geologiya ko’proq giografiya bilan, giologiya- minoralogiya fanlari sikli esa ozmi- ko’pmi tabiy fanlarning xamma tarmoqlari, ayniqsa ximiya, fizika, biologiya fanlari bilan bog’liqdir. Minerallar tartibsiz va tasodifiy xolda uchraydi, foydali qazilmalar yerning uzoq murakkab geologik tarixi davrida xosil bo’lgandir. Kishilar ongida qadim zamonlardan beri ayrim geologik tushinchalar bo’lishiga qaramay, geologiya fani o’ziga mustaqil fan sifatida yaqindagina (bundan 200 yil ilgari) vujudga keldi. Geologiya fani ishlab chiqarish protsessi bilan bog’liqdir. Xozirgi geologiya –qidiruv ishlari xar bir rayonning geologik tuzilishini va unda uchraydigan foydali qazilmalarni sinchiklab o’rganish asosida o’tkaziladi. Keyin bu yerda mavjud bo’lgan foydali qazilmalarni qazib olish yullari aniqlanadi. Geologiya fani va geologiya razvedka ishlarining tarixi ruda haqida olingan batafsil ma'lumotlar, tog’ jnislari va minerallar, yerning tarkibi va tuzilishi haqidagi konkret ilmiy tushunchalar, odamlarning asirlar davomida yer bag’ridan foydalanishidan to’plangan tajribalar natijasida vujudga kelgan. Geologiya xalq xo’jaligi talablarini qondirish bilan birga tabiat xodisalari haqida qonuniyatlarini amalda tekshirib boradi. Geologik bilimlarini vujudga kelishida va rivojlanishida moddiy baza bo’l-gan ishlab chiqarish asosiy rol uynaydi. Xech qanday fan o’ziga xos ichki qonuniyatlarsiz rivojlana olmaydi. Qazilma boyliklarini qazib chiqarish haqidagi birinchi geologik va giografik tushinchalar qadim zamonlardan beri mavjud. Arxeologiya fani, odamlar eng oldin tosh qurollar ishlatilganligini qadimgi topilmalarga asosan o’sha davrlar (neolit)da yasalgan buyumlardan isbot qildi. Odamlar keyinroq mis, qo’rg’oshin kalay, ku-mish, oltin, undan keyin esa temir rudasi bilan tanishdilar, asta- sekin mineral va tog’ jinslari yantar, lazurit, feruza va boshqalardan ziynat buyumlar yasay boshladilar. Yer haqidagi yozma ma'lumotlar faqat vaviloniya davridagina boshlangan. Dunyoning paydo bo’lishi tug’risidagi daslabki rivoyatlar Mesopotamiya va Xaldeya shaxarlarida topilgan gildan yasalgan doskaga yozib ketilgan. Vavilon kosmogoniyasi asosida quydagi diniy afsona yotadi: Quyosh xudosi Marduk xamma narsani tartibga tushirib, qora kuchlarning manbai bo’lgan Tiamat maxluqni yuk qiladi va uning tanasida butun dunyoni yaratadi. Keyinchalik xudo osmondagi yulduzlar va ularning yurish yullarini, so’ngra odamni yaratadi, ularning vazifasi «xudolar haqida g’amxo’rlik qilish». Mashxur giograf Strabon quriklikdagi dengiz chig’anoqlarining topilish sabablarini tushuntirib, yerning dengiz tagidagi qismi xarakat qilishi uning ko’tarilishi va cho’kishi, natijada orollar, xatto materiklar xosil bo’lishini ko’rsatib o’tgan. U Sitsiliya bir zamonlar Italiya bilan bir bo’lgan, yer qimirlashi natijasida ular bir-biridan ajralgan, deydi. Strabon bu yerdagi vulkan xarakatlari yer po’stining tik xarakat qilishining natijasi deb tushintiriladi. O’rta asrda geologiya bilimi O’rta Osiyoning X asr dongdor olimlari Beruniy va Ibn Sino asrlarida yuqori darajaga ko’tarildi. Abu Rayxon Beruniy (979-1048 yillar) o’zining arab tilidagi yozgan bir qator asarlarida Yer, mineral rudalar, geologik jarayonlar tug’risida juda ajoyib fikrlar aytib o’tadi. U yerning dumaloqligiga ishonishi bilan birga, uning kattaligini xam birinchilar qatorida o’lchaydi. Uning astronomik traktatidagi sxematik kartasi Beruniyning eski dunyoni yaxshi bilganligidan xabar beradi, u bu soxada g’arb giograflaridan oldinda turgan. Ibn Sino toshlarning, tog’ va vodiylarni paydo bo’lishi sharoitini tekshirgan. Ibn Sino tog’ jinslari va minerallarning paydo bo’lishi yullari haqida gipotezani rivojlantiradi. Ibn Sinoning toshlarning paydo bo’lishida zilzila va tog’ qulashlari, yerning o’pirilishi katta rol uynashini, xayvon va o’simliklarning toshga aylanishini ko’rsatuvchi ajoyib fikirlari bor. Tabiatshunoslik soxasida juda ko’p yangiliklar yaratgan M.V.Lomonosov (1711-1765 y.y) geologiya va mineralogiya soxasida xam katta ishlar qilgan. Lomonosov o’sha vaqtgacha geologiya va mineralogiya soxasida yig’ilgan materiallarni to’plab nazariy jixatdan asosladi va uni shunday ilmiy darajaga ko’tardiki, Garbiy Yevropa tabiatshunoslari bu darajaga 100 yildan keyin yetdi. M.V.Lomonosov yer o’z tarixiga ega, uning bu tarixi xamma vaqt uzgarib, rivojlanib turadi, tog’lar paydo bo’ladi, ular yemiriladi, yangi jinslar xosil bo’ladi, deydi. M.V.Lomonosov geologiya soxasida qilgan ishlari uning geologiya fani asoschisi ekanligini tasdiqlaydi. XIX asrning oxirlarida geologiya-mineralogiya fani tarkibidan tuproqshu-noslik fani ajralib chiqdi. Bu fanning vujudga kelishida atoqli rus olimi V.V.Dokuchayev (1846-1905 y. y)ning xizmati kattadir. Bu vaqtda geologiyaning eng muxim tarmoqlaridan yer qobig’ining tuzili-shi haqidagi aloxida fanlar tektonika va geomorfologiya ajralib chiqadi. Sovet davrida geoximiya juda tez rivojlandi. V.I. Vernadskiy va A.YE. Fers-man tomonidan asoslangan bu fan keyinchalik A.P.Vinogradov, D.I.Sherbakov, A.A. Saukov va boshqalarning bevosita raxbarligida usdi va rivojlandi. O’rta Osiyoda metallogeniya va petrografiya fanlarini rivojlantirishda X.M.Abdullayev, I.M.Isamuxamedov, I.X.Xamraboyev, X.N.Boymuxamedovlar g’oyat katta ish olib bordilar. Geolog olimlarimiz mamlakatimizdagi mineral resurslarning bitmas-tuganmas zaxiralarini ochdilar.
Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling