ZbekistOn respublik
Download 0.56 Mb.
|
Dastur ILK QADAM LOTINCHA 161020222021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilova 2
Ilova 11.1. MTM ta’lim dasturini tuzish bo‘yicha tavsiyalar Ta’lim dasturi (quyida – Dastur) – MTM Davlat o‘quv dasturiga asosan muayyan yosh guruhida tashkil etiladigan ta’lim jarayonini amalga oshirishga xizmat qiluvchi muhim hujjat bo‘lib, u qo‘yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlashi lozim. Dastur – muhim vosita bo‘lib, uning yordamida tarbiyachilar (mutaxassislar) O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta’lim jarayonini tashkil qilish yo‘llarini belgilaydilar. Dastur majburiy qism va ta’lim jarayoni ishtirokchilari tomonidan shakllantiriladigan qismdan tashkil topadi. Har ikki qism ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablarini amalga oshirish nuqtai nazaridan o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi hamda zaruriy hisoblanadi. Dasturning majburiy qismi barcha beshta ta’lim sohasi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish hamda ijodiy rivojlanishni amalga oshirishga kompleks yondashuvni ko‘zda tutadi. Dastur tarbiyachi (mutaxassis) ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablari asosida bolalar rivojlanishining muayyan sharoitlari, ehtiyojlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’limning individual pedagogik modelini qanday yaratayotganini ko‘rsatib berishi lozim. Dastur uchta asosiy bo‘limni qamrab oladi: maqsadli – bu tushuntirish xati hamda dastur o‘zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o‘z ichiga oladigan bo‘lim; mazmunli – bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar shaxsining to‘laqonli rivojlanishini ta’minlovchi bo‘lim; tashkiliy – bu Dasturning moddiy-texnik ta’minoti ta’rifini, ta’lim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta’minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o‘z ichiga oluvchi bo‘lim. Dastur MTMning pedagogik kengashida muhokama qilinadi va mudir buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. O‘quv dasturining namunaviy tuzilmaviy elementlari: 1. Titul varag‘i
2. Mundarija sahifalar ko‘rsatilgan holda Dasturning barcha qismlari, paragraflar, bo‘limlar nomi, adabiyotlar va ilovalar ro‘yxati, matnda mavjud bo‘lgan barcha sarlavhalarni o‘z ichiga oladi. Ularning ta’rifi ish mazmuniga to‘liq mos kelishi, qisqa, aniq va izchil bo‘lishi hamda uning ichki mantiqiy qonuniyatlarini aniq ifodalashi lozim. 3. Maqsadli bo‘lim tarkibiga tushuntirish xati kiradi va unda Dastur ishlab chiqilishiga asos bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil qilishning turli shakllari, metodlari va yo‘llari ko‘rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. SHuningdek, quyidagilar ham ta’riflanishi lozim: dastur bo‘yicha ta’lim olayotgan tarbiyalanuvchilarning yoshga oid, ruhiy va individual xususiyatlari; dasturning maqsadi; dasturning vazifalari; dasturni amalga oshirish muddati; asosiy tamoyillar; bola shaxsining asosiy tavsiflari. Dasturning maqsadli yo‘nalishlari ta’rifi maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablarining maqsadli yo‘nalishlariga mos kelishi lozim. 4. Mazmunli bo‘limga bola rivojining beshta ta’lim sohasi yo‘nalishlariga mos ravishdagi ta’lim faoliyatining ta’rifi kiradi: ta’lim sohasining vazifalari, ta’lim faoliyatining mazmuni, ta’lim faoliyatining natijalari, mintaqaviy tarkibiy qism (komponent), ta’lim sohasini amalga oshirish bo‘yicha ta’lim faoliyatini tashkil qilish shakllari. Kompleks-mavzuviy rejalashtirish (barcha beshta ta’lim sohasini amalga oshirishni hisobga olgan holda). Mazkur kichik bo‘limning ta’rifi integrativ modelni ko‘zda tutadi va u hafta mavzusini faoliyatning turli ko‘rinishlarida, shakllarida, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari bilan birgalikda ochib beradi. Dasturda ifodalangan kompleks-mavzuviy rejalashtirishning tarkibiy qismi jadvallar ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin. Kompleks-mavzuviy rejada dasturdagi bo‘limlar va mavzularni o‘rganish ketma-ketligi ochib beriladi. Ta’lim faoliyatining taqsimoti, bolalar bilan ishlash shakllari va yakuniy tadbirlar ko‘rsatiladi. 5. Tashkiliy bo‘lim. Mazkur bo‘limda kun tartibi, o‘quv yili tuzilmasi, ta’lim faoliyati jadvali (me’yoriy hujjatlarga muvofiq), yoshni hisobga olgan holda rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish, tarbiyalanuvchilarning yoshi va individual xususiyatlari, ularning ta’lim ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olgan ravishda Dasturni amalga oshirishining turli shakllari, metod va vositalarining qisqacha ta’rifi beriladi. SHuningdek, turli xildagi faoliyatning o‘ziga xos ruhiy-pedagogik xususiyatlari, tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan o‘zaro hamkorlik turlari ifodalanishi mumkin. 6. Dasturni amalga oshirish shartlari: moddiy-texnik ta’minot; o‘quv-metodik ta’minot (dasturlar, texnologiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy-metodik va o‘quv-metodik adabiyot, bolalar, ota-onalar uchun mo‘ljallangan adabiyot, internet-resurslar, ta’limiy CD-disklar, didaktik material, hujjatlar). 7. Foydalanilayotgan adabiyotlar ro‘yxati. 8. Dasturga ilovalar, ularda quyidagi materiallar berilishi mumkin: mashg‘ulotlar ishlanmalari, xordiq, bayramlar ssenariylari va h.k; tarbiyachi ishining chuqurlashtirilgan yo‘nalishi bo‘yicha ish dasturi (rejasi); o‘yinlar va o‘yinli mashqlar ta’rifi; pedagoglar va ota-onalar uchun mahorat maktabi ssenariylari; har bir yosh bo‘yicha ilova qilib yuboriladigan metodik jild-to‘plamlar; ota-onalar uchun tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan hamkorlikning turli shakllari ssenariylari (maslahatlar, davra suhbatlari, treninglar, praktikumlar, seminarlar). Ilova 2Bolalar to‘liq kun mobaynida bo‘ladigan guruhning namunaviy kun tartibi
Izoh: har bir MTM bolalarning muassasada bo‘lish soatlari miqdoridan kelib chiqqan holda va Sanitariya-gigiena talablariga muvofiq ravishda o‘z kun tartibini ishlab chiqishi mumkin. SHuni yodda tutish lozimki, o‘yin-ta’lim faoliyati kunduzgi uyquni hisobga olgan holda – 15%, kunduzgi uyquni hisobga olmaganda – 38%, bolalarning ochiq havoda bo‘lishi – 38%, mustaqil o‘yin faoliyati – 24%, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish (sanitariya-gigiena ko‘nikmalari) – 20%, ota-onalarni bolalar rivoji taraqqiyoti to‘g‘risida xabardor qilish – 3% ni tashkil etadi.Qisqa muddatli guruhlarning namunaviy kun tartibi
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling