20-chizma. Talabning har xil holatlarida qo’llanadigan marketing tiplari
O’zgartiruvchi (konversion) marketing - salbiy talabning mavjudligiga bog’liq, bunda bozorning katta qismi mazkur tovar yoki xizmatni inkor qiladi. Shuning uchun mazkur holda o’zgartiruvchi marketingning vazifasi bo’lib qandaydir mahsulotga nisbatan iste'molchilarning salbiy munosabatini ijobiy munosabatga yo’naltirish, narxni pasaytirish va uni samaraliroq siljitish yo’li bilan o’zgartirish hisoblanadi. Xorijiy amaliyotda o’zgartiruvchi marketingni tamaki firmalari qo’llaydilar, bunda davlatning sog’liqni saqlash, ijtimoiy sug’urta idoralari va jamoatchilikning faol xatti-harakatlari natijasida chekuvchilarning soni keskin kamaymoqda. Mazkur holda marketingning vazifasi bo’lib talabning paydo bo’lishi va uni mahsulot taklifi darajasigacha ko’tarishga yordam beradigan rejani ishlab chiqish hisoblanadi. Tamaki firmalariga kelganda esa, ular yo’qotgan vaziyatlarini tiklash maqsadida tarkibida kantserogen moddalar kam bo’lgan sigaretalarning maxsus markalarini ishlab chiqish va chiqarish, bir vaqtning o’zida siljitish tizimini kuchaytirish bo’yicha ishlarni olib boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |