Freydning psixoanalitik modeli asosida xaridorlarning tovarni sotib olish bo’yicha qaror qabul qilishi jarayonlari o’rganiladi. Bu nazariya bo’yicha iste'molchilarning muhim xarid motivlari to’la anglab etilmagan xarakterga ega bo’lib, ular u yoki bu tovar haqida ma'lum bir fikrga kelishda o’zi tanlagan tovarining nima uchun tanlanganligini aniq asoslay olmaydilar.
Freydning motivatsiya nazariyasi bo’yicha inson tug’ilgan kunidan boshlab ko’pgina xohish-istaklar ta'sirida bo’lib, u bu xohish-istaklarni oxirigacha tushunib etmaydi va ular nazorat ham qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |