800
600 Jami xarajatlar
400 Doimiy xarajatlar
200
0
10 20 30 40 50
Sotish hajmi, ming dona
36-chizma. Zararsizlik va maqsadli foyda tahlili usuli bo’yicha narxni aniqlash
Bunday narxda zararsizlikni ta'minlash uchun korxona eng kamida 30000 tovar birligini sotishi kerak. Shuncha miqdordagi tovar birligining har birini 20 so’mdan sotib, korxona 600000 so’m tushumga ega bo’ladi. Ana shu ko’rsatkich zararsizlik nuqtasiga mos keladi. Maqsad qilib qo’yilgan foydaga erishish uchun korxona sotish hajmini oshirishi zarur. Bizning misolimiz bo’yicha korxona 200 ming so’m foyda olishi uchun eng kamida 50 ming tovar birligini sotishga erishishi kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |