Targ’ibot (pablisiti) - iste'molchilarda korxona va uning tovari to’g’risida yaxshiroq tasavvur shakllantirish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali ma'lumotlar tarqatish va tushuntirish.
Tasodifiy talab - to’satdan paydo bo’lib, qondiriladigan talab.
Tashqi savdo - chet mamlakatlar bilan savdo-sotiq ishlarini yuritish.
Tebranuvchi talab - talab darajasining dambadam o’sib va pasayib turish holati.
Tijorat siri - korxona, ishlab chiqarish va savdo-sotiqning bevosita ishtirokchilarigagina ma'lum bo’lgan va boshqalarga e'lon qilinmaydigan ma'lumotlar.
Tirikchilik minimumi - mehnatkashlar va ularning oilasi tirikchiligini eng past darajada ta'minlash uchun zarur bo’lgan hayot vositalari (iste'mol mollari va xizmatlar) qiymatining pul shaklidagi ifodasi.
Tovar - ehtiyojni qondira oladigan hamda sotib olish va iste'mol qilish uchun bozorda taklif etiladigan narsa; bozor uchun, sotish uchun ishlab chiqarilgan mahsulot.
Do'stlaringiz bilan baham: |