Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus
Download 1.33 Mb.
|
menejment va marketing asoslari fanidan oquv uslubiy qollanmaТАТУ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xushxulqlilik
- Qanoatlilik
- Qisqa xulosalar
Samimiy xushmuomalalik - bunday rahbar sofdil, ochiq ko’ngil bo’ladi, chin yurakdan gapiradi. Qo’l ostidagilarga sadoqat bilan ixlos qo’yib xizmat qiladi. Ular samimiylikning og’ir va juda nozik masala, u aql va chuqur ma'naviy odobni talab etishini, shuningdek, kimki o’zgalar bilan nosamimiy munosabatda bo’lishga odatlangan ekan, u pirovard natijada o’z-o’ziga ham samimiy bo’laolmay qolishini yaxshi tushunishadi.
Rahmdillik - bunday rahbar barchaga rahm-shafqatli bo’ladi. Ular boshqalarni ko’p narsada kechirishadi, ammo o’zlarini esa hech narsada kechirishmaydi. Ular rahm-shavqat insonlarning eng oliy fazilatlaridan biri ekanligini, rahm-shavqatli kishi doimo odamlarga yordam qo’lini cho’zishini, ojiz va notavon kishilardan xabar olib turish lozimligini yaxshi tushunadilar. Xushxulqlilik - bunday rahbar inson go’zalligining asosi uning chiroyli xulqida ekanligini, aynan xushxulqlik insonni ulug’likka olib borishini, yoqimli xulq egasidan barcha katta-kichik xursand bo’lishini, bunday xulq egasiga boshqalarni xursand qilishdan tashqari, o’zi ham doimo xursand yurishini, boshqalardan esa o’ziga muhabbat va muloyimlik qaytishini yaxshi tushunadi. Qanoatlilik - bunday rahbar qanoatsizlikdan keladigan ofatlarni, ya'ni nafs balosi, hasad, xudbinlik, baxillik, tamagirlik kabilarni yaxshi anglaydi. Ular nafs balosi odamni har kuyga solishini, nafsini tiygan hurmat-izzat topishini va bexavotir yashashini, qanoatni esa izzatning asosi, o’lmaydigan boqiy xazina, qurimaydigan daraxt, zavol topmaydigan mulk ekanligini yaxshi tushunishadi. Obro’ - bu hamma tomonidan tan olingan hamda mehnat evaziga orttirilgan, rahbar uchun zarur ishonch va qalqondir. Ayni paytda har bir rahbar o’zidan yuqori turuvchi rahbarlar oldida ham, o’ziga bo’ysinuvchi xodimlar oldida ham, o’zi bilan huquqi teng boshqa rahbarlar oldida ham obro’ga ega bo’lishi lozim. Rahbar yuqorida keltirilgan talablarga rioya qilmas ekan u o’z rahbarlik usulida salbiy hodisalarga yo’l qo’yishi, pirovardida esa o’z obro’yini ketkazishi va el nazaridan qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Qisqa xulosalar Menejer bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun-qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir. Har bir menejer o’ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash, boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma'nosini anglatadi. Rahbarning ish uslubi bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o’ziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo’l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda o’z vazifalariga muvofiq ish ko’radi. Biroq, har bir rahbar bunda o’ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o’zi uchun mos bo’lgan, o’z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi. Rahbarlik uslubi rahbarlarning o’z qo’l ostidagilari bilan aloqasida, ularning o’zaro munosabatlarida tarkib topadi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling