Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-mavzu: Yangi va eng yangi davr falsafasi


Download 0.86 Mb.
bet24/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

4-mavzu: Yangi va eng yangi davr falsafasi


Siz quyidagilarni o‘rganasiz:

  • Uyg‘onish davri falsafasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari;

  • Yangi davr falsafasi, uning gnoseologiyasi va ontologiyasining asosiy xususiyatlari;

  • Ingliz, fransuz va nemis ma'rifatparvarligi falsafasi.

  • Eng yangi davr falsafasidagi asosiy yo‘nalishlar.



Mavzuning maqsadi:

  • O‘rta asrlar va Yangi davr falsafasining konseptual farqlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish;

  • Uyg‘onish davri, Yangi davr va Ma'rifatparvarlikning rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish.

  • Eng yangi davr falsafasining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish.



Uyg‘onish va Yangi davr falsafasida quyidagi qatlamlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Gumanizm (insonparvarlik) - Leon Battista Alberti, Erazm Rotterdamskiy, Monten, Tomas Mor va boshqalar nomi bilan bog‘liq. Uyg‘onish davrida falsafiy mushohadalar markazida inson muammosi turar edi. Bu davrda teologiyadan bir qadar uzoqlashuv yuzaga keldi.
Dogmatik sxolastikani, o‘rta asrlar tafakkurini tanqid davri. Falsafiy asarlarda yerdagi hayotning qadriyatligi, rasmiy cherkovni tanqid, insonga tamomila yangi munosabat o‘z ifodasini topadi. Inson koinotning markazi, o‘z-o‘zini yaratuvchi hisoblanadi. Inson tabiiy hodisa emas, balki tabiatning hukmdori.
Reformatsiya (Lyuter, Kalvin, Myunser) faqat dunyoviy emas, balki ma'naviy madaniyatda ham o‘zgarishlarga olib keldi. Fan ichida dunyoni tasavvur etishning antik elementlari bo‘lgan ratsionalistik tendensiya kuchayadi.
Uyg‘onish davri ruhi davlat va huquq falsafasida ham namoyon bo‘ldi (Makivelli, Gobbs, Lokk). Tabiiy huquq to‘g‘risidagi ta'limot rivojlandi, axloq va siyosatning bo‘linishi ro‘y berdi. Dunyoni tasavvur etishning markazida qadimdagi kosmos, o‘rta asrlardagi xudo emas, balki insondir.
Misol sifatida Nikolay Kuzanskiy (1401-1464) falsafiy qarashlarini keltirish mumkin. Kuzanskiy bir narsada qarama-qarshiliklarning birligi prinsipini ishlab chiqadi. Shu orqali Xudo yagonalik sifatida barcha narsalarga aylanishi to‘g‘risidagi fikrga keladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling