Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Pozitivizm. Ulardan birining asoschici fransuz faylasufi Ogyust Kont (1798-1857)


Download 0.86 Mb.
bet28/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Pozitivizm. Ulardan birining asoschici fransuz faylasufi Ogyust Kont (1798-1857) bo‘lib, u xususiy fanlar faoliyati natija-larini falsafiy izlanishlar bilan taqqoslash kerak, dedi. Xususiy fanlar o‘z tarixida ancha ilgarilab, taraqqiyotga ancha hissa qo‘shdi-lar. Ular o‘z vazifalarini bajarib, odamlarga tabiat sirlarini ochishga imkoniyat yaratib berdilar. 2 ming yil muqaddam yashagan kishilarning bilim darajalarini hozirgi zamonda yashayotgan kishi-larning bilim darajasi bilan taqqoslashninig o‘zi xususiy fanlar-ning naqadar ilgarilab ketganini ko‘rsatadi. Falsafaga nazar tash-lasak, buning aksini ko‘ramiz. Falsafa o‘z oldiga global maqsad-larni qo‘yib, ularning birortasini ham hal etgani yo‘q. Qadimgi ajdodlarimiz bilmagan nimani bilamiz? Hyech narsani. Bu dunyo qaerdan paydo bo‘ldi? Qanday qonuniyatlar asosida mavjud? Kelajak haqida hyech narsa ayta olmaymiz, hayotning ma'nosi nimada ekanligi-ni hanuzgacha bilmaymiz. Demak, xususiy fanlar (empirik fanlar deb ham atasak bo‘ladi) o‘z oldilariga aniq ijobiy javob berishi mumkin bo‘lgan savollarni qo‘yadilar (“pozitiv” lot. “rositivus” – “ijobiy”). Falsafa esa o‘z oldiga aniq javob bera olmaydigan savollar qo‘ygan. Shuning uchun falsafaning natijalarini negativ deb baholash (lot. “negativus” – “salbiy”) mumkin. Shu sababli fal-safa o‘zi kerakmi?-degan savol tug‘iladi. Uni foydasiz, mazmunsiz mashg‘ulot sifatida tashlab yuborib, faqat empirik, ijobiy yoki pozitiv fanlarni qoldirish kerak emasmi? Falsafadan atrof-borliqni global tarzda tushuntirib beruvchi bilim sohasi sifatida voz kechish kerak. Shu bilan bir vaqtda falsafani empirik fanlar-dan biriga aylantirish mumkin. U xususiy fanlar uchun metodlarni ishlab chiquvchi fanga aylanishi lozim. Falsafa har fanday aniq bir fan fanday tuzilgan, qanday vosita va usullar bilan o‘z maqsad-lariga erishadi, yanada yuqoriroq maqsadlarga erishish uchun qanday qilib mukammallashishi kerakligi haqida bosh qotirishi kerak. Falsafa metodologiya (ilmiy metodlar yig‘indisi, metodlar to‘g‘ri-sida ta'limot) bo‘lib, empirik yo‘l bilan olingan bilimlarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qilishi kerak.
Agar xususiy fanlar faqat o‘z predmetini o‘rgansa, mehnat taqsimoti bilan bo‘lingan bo‘lsa, falsafa ularning o‘zaro bog‘lanish-larini o‘rganishi kerak. Pozitivizm umumiy xulosalarni emas, bal-ki faqat aniq empirik xulosalarni tan oladi. Falsafa esa xususiy fanlarning xizmatkoriga aylanishi lozim edi.
O.Kontning fikricha, biz uchun predmetlarning mohiyati doimo yopiqligicha qoladi, dunyo o‘zi qanday ekanligini bilish mumkin emas. Biz faqat ko‘rib turgan narsalarimiz, ya'ni hodisalarni bilamiz. Biz hyech qachon yuz berayotgan voqyealarning asl sababini bila olmay-miz, ularning faqat ketma-ketligini kuzatishimiz mumkin. Qonun bo‘lib tuyulayotgan narsalar-hodisalarning ketma-ketligi, xolos. Lekin biz ko‘rayotgan hodisalar amalda umuman boshqa narsalar bo‘lib chiqishi mumkin. Demak, dunyoning mohiyatini bilish mumkin emas, faqat dunyo haqidagi tasavvurlarimiz haqida gapirish mumkin. Dunyoning oxirgi haqiqatlari ma'lum bo‘lmasa ham, bu dunyoda yashash uchun moslasha olsak, shuning o‘zi yetarli.
Ko‘rib turibsizlarki, pozitivistik fikrlar Devid Yumning qarashlarini eslatib yuboryapti.
Insoniy bilish Kont fikricha, o‘z taraqqiyotida 3 bosqichni bosib o‘tgan: teologik, metafizik va hozirgi davr – pozitiv davr. Teologik davrda insonlar bo‘layotgan hodisalarning sabablarini tushuntirishga yetarli bilimlarga ega bo‘lmay, sabablarini tabiatdan tashqari, ilohiy kuchlardan qidirganlar. Metafizik bosqichda xudo o‘rniga tabiat qo‘yiladi. Bu davrda tabiatning fundamental tamoyil-lari, universal qonunlari qidiriladi. Kont ta'limoti yuzaga kelishi bilan pozitiv davr boshlanadi. Bu davrda borliqning aniq bir sohalarini o‘rganuvchi fanlar faoliyati birinchi o‘ringa chiqadi. Bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tish inson tafakkuri taraqqiyotinigina emas, balki jamiyat evolyusiyasini ham belgilaydi. Tarixning harakatlantiruvchi kuchi – bu bilimlar ilgarilanma taraqqiyoti. Bu yerda biz fransuz ma'rifatparvarlarining g‘oyalariga o‘xshashlikni ko‘rishimiz mumkin.
XX asrda pozitivim ta'limoti izdoshlari paydo bo‘lib, ularni barchasini neopozitivizm (yunon. “neos” – “yangi”) deb ataydilar. Ularning asosiy g‘oyasi – bizning dunyo haqidagi barcha bilimlarimiz tilda ifodalanadi. Tildan foydalanmasdan biror kishi bilan axborot almashish, biron narsani bilish, o‘ylash mumkin emas. Masa-lan, daraxt haqida “daraxt” atamasini ishlatmasdan o‘ylab ko‘ring-chi. Dunyodagi har bir narsani o‘zi qanday bo‘lsa, shunday emas, balki tilda qanday ifodalangan bo‘lsa, shunday tasavvur etamiz. Neopozi-tivistlar fikricha, bizni o‘rab turgan atrof-muhit til konstruksiya-sidan iborat. Shuning uchun falsafaning predmeti atrofimizdagi moddiy borliq emas, balki bizning til sohamiz bo‘lishi kerak. Balki shuning uchun an'anaviy falsafiy muammolar va savollar ob'ektiv dunyoni o‘rganish qiyinchiliklaridan emas, balki tilni noto‘g‘ri qo‘llashdan kelib chiqadi. Shuning uchun ana shu qiyinchiliklarni chetlab o‘tish uchun mukammal til yaratish lozim. Bunday tilni qayta qurishning elementi verifikatsiya (“verus” – “haqiqiy”, “fasere” – “qilmoq”) tamoyili bo‘lishi kerak. Mulohaza-larning haqiqiyligin tekshirish lozim. Masalan, “Suv 100 S temperaturada qaynaydi” mulohazasini verifikatsiya qilish mumkin. “Dunyo Xudo tomonidan yaratilgan” degan mulohazani verifikatsiya qilish mumkin emas. Demak, empirik fanlarning xulosalarini verifikatsiya qilish mumkin.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling