Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pragmatizm.
Neopozitivistlarning fikricha, yangi mukammal tilda verifi-katsiya qilinmaydigan mulohazalar bo‘lmasligi kerak, shunda muammo va qiyinchiliklar ham bo‘lmaydi. Ba'zi neopozitivistlar har bir so‘z ma'lum yakka hodisaga mos kelishi kerak. Shuning uchun “ekspluatatsiya”, “sinfiy kurash” kabi tushunchalar ma'nosizdir. Ularni ishlatish natijasida jamiyatda qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar, konfliktlar kelib chiqadi. Bu fikr sotsioterapiyaning asosini tashkil etadi.
Pragmatizm. (Yunoncha “pragma”-amaliyot, faoliyat, ish) Zamona-viy falsafada neopozitivizmga yaqin turuvchi oqim pragmatizmdir. Uning asoschisi amerikalik faylasuf Charlz Pirs hisoblanadi. Uning fikricha, g‘oya va tushunchalarning ahamiyati ular keltiradigan amaliy natijalaridadir. Haqiqat – biz uchun foydali bo‘lgan narsalar. Yunoncha “pragma” so‘zi o‘zbek tiliga “ish”, “faoliyat” deb tarjima qilinadi. Pragmatizm o‘z oldiga dunyoni bilish vazifasini qo‘ymaydi va mavjud hodisalarni haqiqiy deb bilmaydi. Amaliy hayotdan kelib chiqib, uning gullab-yashnashi va muvafaqqiyati uchun nima foydali bo‘lsa haqiqiydir. Shunday qilib, pragmatizm falsafadagi sub'ektivistik yo‘na-lishni davom ettiradi. Beixtiyor tarzda qadimgi yunonistonlik Protagor, sub'ektiv idealist Yumni, nemis faylasufi Fixteni eslaymiz. Ob'ektiv borliqni bilib bo‘lmaydi, deydi pragmatistlar. Biz tasavvur etayotgan narsalar va haqiqatda mavjud narsalar o‘rtasida katta jar mavjud. Ana shu jardan hatlab o‘tishga intilish kulgili emasmi? Narsalar qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilib, o‘z ishlarimiz to‘g‘risida qayg‘ursak, yaxshi emasmi? Bilish, Pirsning fikricha, bilmaslikdan bilishga tomon emas, balki shubhadan ishonch tomon harakatdir. Men ishonayotgan dunyo real dunyoga mos kelishi yoki kelmasligi haqidagi savol bemazmundir. Bizning tushuncha, g‘oya, nazariyalar ob'ektiv dunyoning in'ikosi emas, balki biz ba'zi amaliy natijalarga erishish uchun qo‘llaydigan vositalardir. Shuning uchun ba'zan pragmatizmni instrumentalizm deb ham atashadi. Demak, fan reallik to‘g‘risidagi bilimlar emas, balki asbob-uskunalar solingan qutidir. XIX asr oxirida ajralib chiqqan yo‘nalishlardan biri hayot falsafasidir. Bu falsafiy yo‘nalish Germaniya, Fransiyada o‘z rivojiga ega bo‘ldi. Uning vakillari Fridrix Nitsshe (1844-1900), Vilgelm Diltey (1833-1911), Anri Bergson (1859-1941). “Hayot” deganda barcha bizni o‘rab turgan ob'ektiv reallik tushuniladi. Har bir tirik narsa barcha qismlarining birligida hayotga ega bo‘ladi. Masalan, daraxtni olaylik. Agar uning tanasi, shoxlari, barglari yagona birlikni tashkil etsa u hayotdir. Agar uni qismlarga arralab bo‘lib tashlasak, unda hayot qolmaydi. Inson xudolar va hayvonlar oralig‘ida o‘z hayotining o‘lim bilan yakunlanishini bilib yashaydi. Xudolar tug‘ilmaydilar va o‘lmay-dilar, hayvonlar tug‘iladilar va o‘lishlarini bilmay yashaydilar, faqat insongina hayotining o‘lim bilan yakun topishini bilib yashash-ga mahkum. Shuning uchun bu chekli hayotda faqat yaxshilik qilibgina o‘z nomini abadiy qilishga intilishi kerak. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling