Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Nisbiylik nazariyasining falsafiy ahamiyati quyidagi-lardan iborat
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
Nisbiylik nazariyasining falsafiy ahamiyati quyidagi-lardan iborat:
Nisbiylik nazariyasi fandan absolyut makon va zamon tushun-chalarini chiqarib tashladi. Nisbiylik nazariyasi makon va zamon xususiyatlarining moddiy tizimlarning harakati va o‘zaro aloqador-ligiga bog‘liqligini ko‘rsatdi. Nisbiylik nazariyasi makon va zamonni sub'ektivistik, aprior talqinlariga zarba berdi. Makon va zamonning umumiy xususiyatlari materiyaning mavjudlik shakllaridan kelib chiqadi. Fazo va vaqtning barcha hisob sistemalarda va materiyaning barcha struktura darajalarida bir xilda namoyon bo‘luvchi xususiyat-lari eng umumiy xususiyatlar deyiladi. Bunday xususiyatlarga fazo va vaqtning ob'ektivligi, moddiyligi, cheksizligi, materiyaning atributi sifatidagi absolyutligi, harakat va materiyaga nisbatan namoyon bo‘luvchi nisbiyligi, ya'ni turli hisob sistemalarida turlicha qiymatlarga egaligi kiradi. Bulardan tashqari, fazo va vaqtning turli hisob sistemalarda turlicha namoyon bo‘ladigan, miqdoriy kattaliklar bilan ya'ni, muay-yan o‘lchash asboblari, soat yoki lineykalar yordamida o‘lchash mumkin bo‘lgan, tashqi aloqadorliklarda ko‘zga tashlanadigan, o‘zgaruvchan va nisbiy xarakterdagi xususiyatlari borki, ularni miqdoriy yoki metrik xususiyatlar, deb atashadi. Fazoning gomogenlik (birjins-lik), izotropik (va anizotropik) xususiyatlari kiradi. Vaqtning metrik xususiyatlari: davomiylik, birjinslik, anizotropik. Bu xususiyatlar materiyaning turli tashkiliy struktura va masshtab-struktura darajalarida turlicha namoyon bo‘ladi. Ular fazo va vaqt bilan bog‘lik, bo‘lgan moddiy aloqadorliklarning miqdoriy belgi-larini ifodalaydi. Metrik xususiyatlarning o‘zgarishi materiya sifatining o‘zgarishiga jiddiy ta'sir qilmaydi. Fazo va vaqtning yana shunday xususiyatlari ham borki, ular barcha hisob sistemalarida, materiyaning barcha struktura daraja-larida mikrodunyoda ham jamiyatda ham bir xilda saqlanadi. Ular fazo va vaqtning tub sifatiy jihatlarini ifodalovchi fundamen-tal xususiyatlar hisoblanadi. Bunday xususiyatlarni topologik xususiyatlar deyishadi. Topologik xususiyatlar moddiy aloqadorlik-larning ichki, tub sifatiy jihatlarini ifodalaydi. Topologik xususiyatlarning o‘zgarishi bilan moddiy ob'ektlarning tuzilishida tub sifatiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Quyidagi xususiyatlar fazoning topologik xususiyatlari hisoblanadi: uzluksizlik va uzluklilik, o‘lchamlik, bog‘langanlik, kompaktlik, tartiblanganlik, chegarasizlik. Vaqtning topologik xususiyatlariga esa, uzluksizlik, orqaga qaytmaslik, bir o‘lchovlik, chiziqli tartiblanganlik va bog‘langanlik kiradi. Fazo va vaqt materiya strukturasidagi o‘zaro aloqadorliklar majmuasini aks ettirar ekan, bu aloqadorliklarning turli xil shakllari, turli xil shakldagi harakat va unga bog‘lik, bo‘lgan fazo-vaqt shakllarining vujudga kelishiga sababchi bo‘ladi. Biz yuqorida faqat fizik fazo va fizik vaqt haqida tuxtaldik. Tadqiqotchilar molekulyar aloqadorliklar majmuasi bilan bog‘langan psixologik fazo va vaqt ijtimoiy aloqadorliklar strukturasini ifoda etuvchi ijtimoiy fazo va vaqt shakllari haqida ham ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Xullas, fazo va vaqt olamdagi aloqadorliklar majmua-sini ifoda etadi. Ular harakat, materiya va moddiy o‘zaro ta'sirlar bilan chambarchas bog‘langan. Olamdagi barcha o‘zgarishlar, narsalar-ning shakli va ko‘rinishlari fazo va vaqt strukturasi bilan bog‘langandir. Materiyaga hayot bahsh etuvchi atribut harakat bo‘lsa, fazo va vaqt unga shakl bahsh etadi, uni shakllantiradi, rivojlan-tiradi, ravnaq, toptiradi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling