Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Tabiat va jamiyat. Tabiiy va sun'iy muhit, ularning o‘zaro aloqadorligi


Download 0.86 Mb.
bet36/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Tabiat va jamiyat. Tabiiy va sun'iy muhit, ularning o‘zaro aloqadorligi. Tabiiy muhitning hayot va jamiyat taraqqiyotiga ta'sirining mohiyati nimadan iborat? Tabiat ne'matlarining xilma-xilligi mehnat taqsimotining tabiiy asosini tashkil etadi. Tabiat qanchalik boy bo‘lsa, ishlab chiqarish sohalari ham shunchalik xilma-xil bo‘ladi (ishlab chiqarishning unumdorligi yuqori, alma-shuv va savdo yuqori bo‘ladi). Insonning xo‘jalikni yuritish sharoit-larining xilma-xilligi uning ijtimoiy ehtiyojlarining, imkoni-yatlarining, mehnat vositalarining, usullarining o‘sishiga imkoni-yat yaratadi. Tabiiy shart-sharoitlarining ijobiyligi insonga ish-dan bo‘sh vaqtning ko‘pligini berishi mumkin. Bu vaqt ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta'sir etishi uchun (omilga aylanishi uchun) qator ijtimoiy shart-sharoitlar bo‘lishi kerak. Ulardan eng birin-chisi-moddiy ishlab chiqarishning rivojlanganlik darajasi hisob-lanadi. Insonning tabiatga munosabatiningtarixiy shakli moddiy ishlab chiqarishdir. Tabiat aynan ishlab chiqarish jarayonida inson tabiat bilan bir qatorda o‘z-o‘zini ham o‘zgartiradi. Demak, jamiyat taraqqiyotiga tabiatning o‘zi emas, balki ishlab chiqarish ta'sir ko‘r-satadi. Bu bilan biz tabiatning ahamiyatini kamaytirmoqchi emas-miz. Hozirgi kunda ham tabiiy resurslar ishlab chiqarish sohalari-ni geografik joylashuviga ta'sir o‘tkazmay qolmaydi. Hamma sha-roitlar teng bo‘lgan holda qazilma boyliklarni qayta ishlash uchun qulay bo‘lgan, insonning hayoti va mehnati uchun qulay bo‘lgan tabiiy komplekslar joylashgan hududda mehnat unumdorligi yuqori bo‘ladi.
Tabiat bilan munosabatda inson yutuqlarga erishmoqda. Lekin bu yutuqlardan esankirab, bir narsani unutmaslik kerak. Inson tabiatga o‘zining tanasi, qoni, miyasi bilan tegishli. Insonning ta-biatga ta'siri ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanganlik dara-jasi va ilmiy-texnik progressning holatiga bog‘liq. Shuning uchun madaniyatning stixiyali ravishdagi taraqqiyoti alohida hududlarning cho‘lga aylanishiga olib kelgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda bu ta'sir global masshtablarga ega bo‘lishi mumkin.
Shveytsariyalik zoolog J.Dorst: “Hozirgi davrdagi tabiatni muhofaza etish sohasidagi dolzarb masala o‘zimizni o‘zimizdan asrash muammosidir. Homo sapiensni Homo faberdan himoya etish lozim”, - deydi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling