Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demografiya
- T.R.Maltus (1766-1834)
Tabiat – bu o‘zaro bog‘langan yagona tizim. Inson uning alohida bo‘g‘inlariga ta'sir etib, butun hodisalar zanjirini harakatga keltiradi. Insonning hatti-harakatlarining ko‘lami qanchalik keng va katta bo‘lsa, unga bo‘ysunayotgan tabiat kuchlari shu qadar qudrat-lidir. Shu qadar inson oldida katta ma'suliyat yotadi. Tabiatga munosabatda qanday tamoyildan kelib chiqish kerak? Tabiiy tirik narsalarning hammasi biosferaning bir bo‘lagi. Biosferaning shart-sharoitlari-inson mavjudligi uchun zaruriy tabiiy faktor-lar. Hayotni tashkil etish tamoyillari, uning dinamik muvozanatini saqlash-inson va insoniyat hisoblashishi kerak bo‘lgan dastlabki boshlang‘ichlar.
Hayot organik moddaning biotik aylanish jarayonidan iborat. Sintez va destruksiyadan iborat. Organizmlarning har bir turi – biotik doiraning bo‘g‘ini. Sintez vazifasini o‘simliklar, destruk-siya vazifasini mikroorganizmlar bajaradi. Jamiyat faoliyatining natijalari ilgari qandaydir tarzda mikroorganizmlar tomonidan qayta ishlanib, biotik doiraga kirardi. Lekin insonning faoliyati shu darajada kengayib ketdiki, qayta ishlashning imkoniyati bo‘lmay qoldi. Demografiya (yunon. “demos” – “xalq”, “grafos” – “chizaman”) – biror hudud, mamlakat, bir qancha mamlakat yoki dunyo aholisining holati va undagi o‘zgarishlarni o‘rganuvchi fan tarmog‘i. Demografiya aholining joylashuvi va migratsion harakati, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va boshqa xususiyatlarini ham o‘rganadi. Iqtisodchilar demografiyani: 1) aholi va uning ijtimoiy rivoji haqidagi fan; 2) demografik statistika ma'nosida talqin qiladilar. Demografiya-ning tahlil uslubi statistikanikidan farq qiladi, undan mavhum fikrlash usulidan keng foydalanish asosida aholi tarkibida kelgusida ro‘y beradigan miqdor va sifat o‘zgarishlari ham o‘rganiladi. Shu jihatdan demografik statistika demografiyaning bir qismi hisoblanadi. Ma'lum miqdordagi aholisiz mehnat taqsimoti, tarmoqlashuv, kooperatsiya, ishlab chiqarishni kengaytirish mumkin emas. Lekin bundan aholining o‘sishi ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Ingliz iqtisodchisi T.R.Maltus (1766-1834) ishsizlik, ochlik, qashshoqlik ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqmaydi, balki “tabiiy qonuniyat”dir. Bu qoidaga asosan aholi geometrik progres-siya bo‘yicha o‘sadi, mavjudlik vositalarini ishlab chiqarish arifme-tik progressiya bo‘yicha o‘sadi. Shuning uchun tabiatning ziyofatida hammaga ham yemish topilmaydi. Tabiat bunday kishilarni yo‘qotish uchun o‘zi chora ko‘radi: ochlik, epidemiyalar, urushlar Maltus tomoni-dan “ijobiy faktor” deb e'lon qilinadi. Shuning uchun Maltus davlat tomonidan kambag‘allarga yordam berilishiga qarshi chiqadi, mehnatkashlar o‘rtasida tug‘ilishning kamayishini oqlaydi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling