Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- MDH davlatlari
- Mavzuning tayanch tushunchalari
- 6-mavzu: Ong falsafasi Siz quyidagilarni o‘rganasiz
Demografik shart-sharoit. Dehqonchilik kelib chiqishidan oldin (10 ming yil ilgari) sayyoramizda Moskvada yashovchi odamlardan ikki marta kam kishi yashar edi.
Miloddan 5 ming yil oldin yerda 30 mln. kishi yashar edi. Hozir Ukrainada shuncha kishi yashaydi. Milodiy yil boshlanishida yer yuzida 250 mln. kishi istiqomat qilgan. Hozir MDH davlatlarida shuncha inson istiqomat qiladi. yer aholisining to‘xtovsiz o‘sib borishi bir tekis emas. 60-yillarda soatiga 8 ming kishi, 20 asr oxirida soatiga 12 ming kishi tug‘ilar edi. Rossiyada tug‘ilganlarga qaraganda o‘layotganlar soni 1 mln. kishiga ko‘proq. yer yuzida maksimal yashashi mumkin bo‘lgan odamlar soni 10 mlrd. kishini tashkil etadi. Mavzuning tayanch tushunchalari: Borliq, aktual borliq, potensial borliq, moddiy borliq, ma'naviy borliq, ob'ektiv ruh, sub'ektiv ruh, materiya, substansiya, harakat, makon va zamon, tabiat. Takrorlash uchun savollar: Borliq tushunchasiga ta'rif bering. Borliqning qanday shakllari mavjud? Materiya, makon (fazo), zamon (vaqt) tushunchalarining bog‘liqligi nimada namoyon bo‘ladi? Tabiat deganda nimani tushunasiz? Jonli va jonsiz tabiat tushunchalarini izohlang. Tabiat va jamiyat aloqalari deganda nimalar nazarda tutiladi? Tabiiy va sun'iy muhit, ularning o‘zaro aloqadorligi nimalarda ko‘rinadi? 6-mavzu: Ong falsafasi Siz quyidagilarni o‘rganasiz: in'ikos olamning umumiy xossasi ekanligi; ong to‘g‘risidagi falsafiy ta'limot; ongning funksiyalari. Mavzuning maqsadi: in'ikosning ham tirik tabiat, ham notirik tabiatga xos ekanligini ko‘rsatish; ongning falsafiy talqinini berish; ongning tarkibini aniqlash; ongning manbalarini aniqlash. Falsafada inson ongini tushuntirishda uch xil yondashuv mavjud. Har qanday alohida insonning ongi qandaydir umumiy, uni-versal, kosmik, ilohiy ongning bir qismi yoki hosilasi deb tushun-tiriladi. Falsafa tarixida ko‘rganimizdek Qadimgi Hindiston falsafasida sub'ektiv ruhiy boshlang‘ich – Atman to‘g‘risidagi ta'limot rivojlantirilgan edi. Zamonaviy fenomenologiyaning asoschisi E.Gusserl ham insonning “oddiy” “empirik” ongiga “transsendental ong”ni qarama-qarshi qo‘yadi. Agar inson ongi ikkilamchi bo‘lsa, unda “birinchisi qanday vujudga kelgan?” degan savol tug‘iladi. Idealizm vakillarining javobiga ko‘ra, ong o‘zining mavjudligi uchun hyech narsaga muhtoj bo‘lmagan substansiya deb tushuntiriladi. Bu bilan ular ongni o‘rganib bo‘lmaydigan sirga aylantiradilar va uni fan tomonidan o‘rganiladigan muammolar doirasidan tashqariga chiqaradilar. Ong materiyaning ajralmas atributi sifatida tushuntiri-ladi. U hamma materiyaga va barcha material ob'ektlarga taalluqli, ya'ni barcha tabiat jismlari, bir xil miqdorda bo‘lmasa-da, ongga ega. Bunday nuqtai-nazar gilozoizm, panpsixizm, panteizmga xosdir. Panteizm g‘oyalari O‘rta asrlarda britaniyalik sxolast Duns Skotni qiziqtirgan edi. B.Spinozaning panteistik falsafasida “Tabiat” va “xudo” yagona substansiyani anglatar edi. Ulardan boshqa borliq mavjud emas. Bunday substansiya materiya va ongning birligidan iborat. Inson ongi materiyaning taraqqiyoti jarayonida vujudga kela-di. Ong insoniyatning va alohida shaxsning biologik va ijtimoiy taraqqiyotining mahsulidir. Bunday yondashuv ratsionalizm va materializmga xosdir. Materializmga qarshi ilgari suriladigan argumentlar shundan iboratki, materiya o‘z-o‘zicha harakatsiz va o‘likdir, shuning uchun u o‘zidan qanday qilib hayot, ruh, ongni vujudga keltirishi noaniq. Agar ong materiyada ilgaridan mavjud bo‘lmasa, ongning undan vujudga kelishi ham mumkin emas. Ammo materiya o‘z-o‘zicha harakatsiz va uni qandaydir moddiy bo‘lmagan tashqi kuch harakatga keltirgan deyishga hyech qanday asos mavjud emas. Deyarli barcha materialistlar harakatga materiyaning ajralmas atributi sifatida qaraydilar va fan massa va energiya o‘rtasida bog‘liqlikni aniqlab, buni tasdiqlaydi. Agar materiya azaldan harakatda bo‘lsa, demak, ma'lum bir sharoitlarda material tizimlarda o‘zgarishlar ro‘y berib ularning murakkablashishiga olib keladi va natijada psixika va ongga ega bo‘lgan biologik tizimlar vujudga keladi, deb taxmin qilish mumkin. Gilozoizmni (barcha tirik va notirik tabiat jismlari jonga ega, deb qarovchi ta'limot) tanqid qilib, notirik tabiatda na psixika va na ong mavjud deyish mumkin, lekin barcha notirik va tirik tabiat predmetlarida ongni vujudga kelishiga asos bo‘lib xizmat qiluvchi shunday bir xususiyat mavjudki, uni in'ikos deb ataydilar. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling