In'ikos-moddiy olamning umumiy xossasi. In'ikos tur-lari. In'ikos – bu ob'ektning tashqi ta'sirga nisbatan ushbu ta'-sir haqida axborotni o‘zida tashuvchi reaksiyasi. In'ikosning xusu-siyatlari ikki tomondan namoyon bo‘ladi. Bir tomondan, ob'ektning tashqi ta'sir natijasida o‘zgarishi (“ichki in'ikos”), boshqa tomon-dan ob'ektning ta'sirga nisbatan harakatida (“tashqi in'ikos”).
Material tizimlarning taraqqiyoti va murakkablashuvi jarayonida ularga xos bo‘lgan in'ikos xususiyati ham o‘zgarib boradi. Noorganik tabiatda mexanik, fizik, kimyoviy o‘zaro ta'sirlar asosida in'ikos ro‘y beradi. Hayotning paydo bo‘lishi bilan inson ongigacha bo‘lgan murakkabroq in'ikos shakllari vujudga keladi.
Notirik tabiatdagi in'ikos
|
Tirik organizmlarga xos bo‘lgan in'kosning eng sodda ko‘rini-shi ta'sirlanuvchanlik deb ataladi. Bu bir hujayrali hayvonlar, o‘simliklarga xos bo‘lgan in'ikos shakli. Masalan, kungaboqar quyosh-ning harakatiga monand o‘z to‘pgulini buradi. Notirik tabiatdagi in'ikosdan ta'sirlanuvchanlik o‘zining tanlab aks ettirish xossasi bilan ajralib turadi. Tirik organizmlarda nerv tizimining va miyaning vujudga kelishi bilan in'kosning yuqoriroq shakli-psixi-ka vujudga keladi. Bunday in'ikos shakli sezgi a'zolari yordamida amalga oshadi. Sezgi organlari orqali tashqi ta'sir to‘g‘risidagi axborot miyaga yetib borib, organizmni bu ta'sirga nisbatan ma'lum harakat qilishga undaydi. Miyada tashqi ta'sirning psixik obraz-lari (idrok, tasavvur) vujudga keladi. Hayvonlar psixikasining rivojlanishi jarayonida psixik in'ikosning oliy shakli – ongning vujudga kelishi uchun shart-sharoit vujudga keladi. Ong insonga xos bo‘lgan in'ikos shaklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |