Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet41/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Ong kategoriyasi. Ong muammosi dunyoqarashning, har qanday falsafiy qarashning metodologik asosini tashkil etadi.
Ong kategoriyasi klassik g‘arb falsafasining asosiy tushun-chasi hisoblanadi. Ong deb insonning fikrlash qobiliyatiga aytila-di. “Ideallik”, “ruh”, “ob'ektiv aql”, “dunyoviy iroda” kabi tushun-chalar ongning sinonimi sifatida ishlatiladi. Inson ongi murakkab hodisa bo‘lib, u ko‘p o‘lchamli, ko‘p aspektlarga ega. U to‘g‘risidagi tasavvurlar xilma-xil bo‘lib, insonlarning hayotiy tajribasining xilma-xilligidan kelib chiqadi. Ongni, uning mohiyati, namoyon bo‘lish ko‘lamlarini tushunish ko‘p jihatdan odamlarning madaniy udumlari, diniy, ijtimoiy yo‘nalganligiga bog‘liq. Ongning ko‘p qirraliligi uni ko‘p fanlarning (filosofiya, psixologiya, biofizi-ka, informatika, yurisprudensiya, psixiatriya) o‘rganish ob'ektiga aylantirmoqda. Ongning falsafiy-gnoseologik konsepsiyalari ichi-da ikkita konsepsiyalar ajralib turadi. Bular A.V.Ivanov'>A.G.Spirkin va A.V.Ivanovning konsepsiyalari.
A.Spirkin fikricha, ong deb borliqni ideal (psixik) aks ettirish, predmetning ob'ektiv mazmunini inson ruhiy dunyosining sub'ektiv mazmuniga aylantirish xususiyatiga aytiladi.
Ong faqat insonga xos bo‘lgan va miyaning nutq bilan bog‘liq bo‘lgan funksiyasi bo‘lib, umumlashtirib, baholi va maqsadga yo‘nal-tirilgan aks ettirishdir, hatti-harakatlarni fikrda konstruktiv-ijodiy qurish, inson hatti-harakatlarini tartibga keltirish va o‘z-o‘zini nazorat qilishdir.
“Ong”ning maydoni A.V.Ivanov tomonidan aylana tarzida tasvirlanib, 4 ta teng qismga bo‘lingan:
IV II

III I
I sektor tana – perseptiv imkoniyatlar va ular asosida olina-digan bilim sohasidir. Bu qobiliyatlarga sezgilar, tasavvurlar kiradi. Ular yordamida inson tashqi dunyo haqida va o‘zining tanasi to‘g‘risida dastlaki informatsiyaga ega bo‘ladi.


II sektor ongning mantiqiy-tushunchaviy komponenti. Tafakkur yordamida insonbevosita berilgan hissiy dunyodan mohiyatlar dunyosi-ga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu umumiy tushunchalar, analiz va sintez kabi fikrlash operatsiyalari, mantiqiy isbotlashlar sohasi-dir. I va II sektorlar ongning tashqi bilish komponentini tashkil etadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling