Mavzuning asosiy tayanch tushunchalari: in'ikos, ong, tafakkur, hissiyotlar, iroda, xotira, til, ongning tarkibi, ongning manbalari.
Takrorlash uchun savollar:
In'kos deb nimaga aytiladi?
In'ikosning qanday shakllarini bilasiz?
Ong deb nimaga aytiladi?
Ongning tarkibiga nimalar kiradi?
Ongning manbalari nimalardan iborat?
7-mavzu: Taraqqiyot falsafasi
Siz quyidagilarni o‘rganasiz:
taraqqiyot tushunchasi;
dialektika, metafizika, sofistika, eklektika, sinergetika;
dialektika qonunlari;
dialektika kategoriyalari;
dialektikaning asosiy tamoyillari.
Mavzuning maqsadi:
falsafa tarixida taraqqiyot to‘g‘risidagi g‘oyalarning kelib chiqishi va shakllanishi to‘g‘risida tasavvur hosil qilish;
dialektika va uning muqobillari bilan tanishtirish;
dialektikaning asosiy qonunlariga izoh berish;
falsafiy kategoriyalar to‘g‘risida bilim berish;
dialektika tamoyilarini tushuntirish.
Falsafa tarixida taraqqiyot to‘g‘risidagi g‘oyalarning kelib chiqishi va shakllanishi. Olamdagi narsa va hodisalarning o‘zgarishi, harakati, rivojlanishi, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turishi, ular o‘rtasidagi aloqadorlik va o‘zaro ta'sir kabi masalalar azaldan olimlar, faylasuflar o‘rtasida turli xil bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelgan. Sababi ular haqida aniq bilimga ega bo‘lmasdan turib, olam va uning taraqqiyoti, rivojlanish manbai, harakatlantiruvchi kuchlari haqida va, asosiysi, kelajak haqida ilmiy tasavvurga ega bo‘lish mushkul.
Bizni o‘rab turgan atrof-muhit doimo harakat, o‘zgarish va rivojlanishdadir. Ular o‘rtasida abadiy o‘zaro bog‘liqlik, o‘zaro ta'sir va aloqadorlik mavjud bo‘lib, unda o‘z-o‘zidan harakat ham, o‘zgarish ham yuz bermaydi.
Dialektikada taraqqiyot deb, moddiy ob'ekt va ma'naviy omillarning, birinchidan, yangi sifatlarini yuzaga keltiradigan; ikkinchidan, takrorlanmaydigan aniq yo‘nalishida yuz beradigan; uchinchidan, qonuniyatli asosda kechadigan tub o‘zgarishlarga aytiladi. Bu taraqqiyot narsa va hodisalarning rivojlanishi, rivojlantiri-lishi, oddiy, quyi holatdan murakkab, yuqori holatga tomon yuksalib borish jarayonidir.
Taraqqiyot oddiy o‘zgarishlarning yig‘indisiga, shunchaki rivoj-lanishiga qaraganda ancha murakkabdir. Unga tobora to‘planib bora-digan, orqaga qaytmaydigan, uzoq davom etadigan, olg‘a qarab bora-digan, qonuniy o‘zgarishlar xosdir. Taraqqiyot haqidagi falsafiy ta'limotni ijtimoiy falsafa yaratgan. Natijada dialektik taraq-qiyot haqidagi maxsus ilmiy nazariya vujudga kelgan. Taraqqiyotda dialektika alohida o‘rin tutadi. Uning o‘zi tabiat, jamiyat, tafakkur taraqqiyotining qonunlari haqidagi ta'limotdir.
Taraqqiyotning ikki asosiy turi bo‘lib, biri evolyusion, ikkinchisi revolyusion (inqilobiy) tub sifat o‘zgarishlaridir.
Evolyusion taraqqiyot nisbatan sekin, uzoq davom etadigan, muayyan davrgacha pinhoniy jarayondir. Masalan, o‘simlik va hayvon turlarining vujudga kelishi.
Revolyusion taraqqiyot esa tez, oshkora, portlash, yangi sifatga o‘tish jarayonidir. Masalan, XVII asrdagi fransuz revolyusiyasi.
Taraqqiyotda 2 mayl – yo‘nalish bo‘lib, bular progress va regressdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |