Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet45/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Progress (lot. “progressus”“olg‘a qarab harakatlanish, muvaffaqiyat”) – murakkab taraqqiyotning bir yo‘nalishi bo‘lib, bunda quyidan yuqoriga uncha mukammal bo‘lmaganlikdan mukammal-likka o‘tish sodir bo‘ladi.
Regress progress tushunchasiga keskin qarama-qarshi turadi va keyingisi, birinchisining aksi o‘laroq, ilgarilanish harakatining barham topishini ifodalaydi.
Progress haqidagi g‘oyalar qadim davrlardan beri mavjud bo‘lib, falsafada asosan, butun dunyoda insoniyat faoliyatida progressiv o‘zgarishlar sodir bo‘lishi haqidagi masala tarzida ilgari suriladi.
Progress yoki regress mezonlarini aniqlash bo‘yicha falsafa tarixida yakdillik bo‘lmagan va u hozir ham yo‘q. Masalan, qadimgi yunon faylasuflari Gesiod, Seneka nuqtai nazaridan tarix holatlarining progressiv, boshqa yunon faylasuflari Aflotun (Platon), Arastu (Aristotel) g‘oyalarida esa ular sikllar davriy almashinuvi tarzida namoyon bo‘lgan.
Demak, taraqqiyot oddiy holatdan yuqori holatga tomon sifatiy o‘zgarib borish jarayonidir, uning asosiy, tub xususiyatlari eskilikning yo‘q bo‘lishidan, yangilikning paydo bo‘lishidan iborat.
Dialektika va uning muqobillari. Dialektika (yunon. “dialektika”“suhbat olib borish, bahslashish san'ati”) – borliq-ning vujudga kelishi, uning taraqqiyoti haqidagi falsafiy ta'li-mot hamda voqyelikni bilish va unga asoslangan tafakkur uslubi. “Dialektika” tushunchasi falsafa tarixida dastlab hozirgi ma'no-sidan boshqacha tushunilgan. Yunon falsafasida dialektika muxolif-ning muhokamasidagi ziddiyatlarni ochish, munozara orqali haqiqat-ni topish san'atini anglatgan. Keyinchalik bu usul tabiat hodisa-lariga tadbiq etila boshlagan, bilish uslubiga aylangan.
Dialektik tafakkur voqyelikni bilish jarayoni sifatida inson jamiyat bilan bog‘liqlikda paydo bo‘lgan. Voqyelikni bilish va uni inson manfaatlari yo‘lida o‘zgartirishning dialektik uslubini anglashga intilish qadimgi zamonlarga borib taqaladi. Bu intilish dastlab Sharqda paydo bo‘lib, antik davrda o‘z takomiliga yetgan.
Falsafa tarixida dialektika turlicha talqin qilingan. “Dia-lektika” so‘zi ilk bor Sokrat (Suqrot) tomonidan qo‘llanilgan. U dialektikani bir-biriga zid, qarama-qarshi fikrlar to‘qnashuvi orqali haqiqatni topish san'ati deb bilgan.
Geraklit ijodida dialektika o‘zining antik davrdagi eng yorqin ko‘rinishiga ega bo‘ldi. Geraklit fikricha, “dialektika – muttasil harakatdagi olam ichki jihatdan ziddiyatli va u doimiy ichki jihatdan vujudga kelish, rivojlanish hamda tanazzulga yuz tutish – qarama-qarshiliklar birligidan iborat”. Mazkur davrda Geraklit va yunon faylasuflari ta'limotlari negizida sofistlar-ning salbiy tusdagi dialektikasi vujudga keladi.
Sofistlar haqiqatni borliq dialektikasidan emas, bahslar olami ruhiyatidan axtarib, ziddiyatli inson tafakkurini harakatga keltirdilar, oxir-oqibatda bilish faqat nisbiy, gumoniy, taxmin ekanligini e'tirof etishgacha borib yetdilar.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling