Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet47/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Sofistika – qadimgi davrda shakllangan, o‘rta asrlarga kelib ayniqsa keng rivoj topgan dialektikaga zid bo‘lgan tafakkur uslu-bidir. Dastlab qadimgi Gretsiyada biron-bir sohaning mohir ustasi, jumladan, shoirlar, musiqachilar, qonunshunoslar, donishmandlarni sofistlar deb atardilar. Keyinchalik esa bu so‘z asta-sekin boshqacha mazmun kasb eta boshladi. Ya'ni, so‘z bilan kishilarning boshini qotirish usullarini ustalik bilan qo‘llab, ularni chalg‘itadigan odamlarga nisbatan ham sofist iborasi qo‘llanilgan.
Sofistlar so‘z va iboralarni bir-biriga to‘qnashtirish usuli yo‘li bilan ularning sirli ma'nosi va ahamiyatini ochish orqali haqiqatni bilish mumkin, deb hisoblar edilar. Aslida esa ular tabiiy tilning qator kamchiliklari, jumladan, omonimiya, amfibo-liya so‘zlarini noo‘rin bog‘lash, ikki ma'noli talaffuz, fikrni ifo-dalashning grammatik shakllari va hokazolardan foydalanib, soxta haqiqat niqobi ostida haqiqiy bilimlarni yolg‘on bilan almashti-rishga urinadilar.
Forobiy fikricha, sofistik tafakkur o‘ziga xos usullardan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘rganilishi lozim bo‘lgan narsalarni o‘rganishda aqlni to‘g‘ri yo‘ldan chalkashtiradi va yolgonni rost shaklda tasavvur qilishga majbur qiladi, o‘rganmoqchi bo‘lgan kishini to‘g‘ri yo‘ldan adashtiradi. Xuddi shu usullar bilan so‘zlovchi tinglovchini shunday chalkashtiradiki, agar u nimanidir talab qilsa, yoki ehtiyoj sezsa – u uni talab qilmasdan va olmasdan turib, talab qilgani va olganiga ishontirishi mumkin. Xuddi shunday usul yordamida yoqla-magani va qarshilik ko‘rsatmagani holda, u (so‘zlovchi) uni (tinglov-chini) (nimanidir) qattiq turib himoya qilgani yoki nimagadir qarshilik ko‘rsatganiga ishontirishi mumkin. Agar u tinglovchi yo javobgar, yo advokat bo‘lsa, u holda shunday usullar yordamida u (so‘z-lovchi) uni (ya'ni tinglovchini) aslida haqiqatga javob bermagani va (kimnidir) yoqlamagani holda unda (tinglovchida) javob berganligi va yoqlagani haqida tasavvur hosil qildirishi mumkin.
Frensis Bekon (1561-1626 mashhur ingliz faylasufi)ning ta'rificha, sofistlar haddan tashqari mahmadona kishilardir. Ular haqiqatni so‘z, ibora o‘yinlari bilan buzib, ma'nosini chalkashtirib “yolg‘onni haqiqat, haqiqatni yolg‘on” deb tavsiflab, o‘zlari va yaqin ijtimoiy tabaqalar manfaatlarini yoqlaydilar.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling