Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Metafizika (yunon. “meta ta physika” – “fizikadan keyingi”) –


Download 0.86 Mb.
bet48/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Metafizika (yunon. “meta ta physika” – “fizikadan keyingi”) terminini dastlab miloddan avvalgi I asrda Aristotelning izdoshi Rodoslik Andronik qo‘llagan. U Aristotelning “Aql bilan ishlash mumkin bo‘lgan borliq asoslari” to‘g‘risidagi asarini “Metafizika”“Fizikadan keyingi” deb atagan.
Metafizika dialektikaga zid falsafiy metoddir. Voqyelikdagi hodisalarni o‘zgarmas, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda deb talqin etadi, ularning rivojlanish manbai bo‘lgan ichki qarama-qarshi-liklarni inkor qiladi.
Ilmiy bilishning asosiy maqsadi, tabiatdagi narsa va hodisa-lar mohiyatini bilishdan iborat. Shuning uchun ham, narsalarni o‘rganishda metafizik usul dastlab tabiatshunoslik zaminida tarkib topa boshlagan. Sofistik tafakkurga qarshi o‘laroq vujudga kelgan metafizik usul fan rivojlanishi tarixida o‘ziga yarasha ijobiy rol o‘ynagan. Tabiatshunoslik yig‘ma, to‘plovchi fan sifatida ko‘ringan davrlarda buyumlarni o‘rganish metodi bo‘lgan metafizika mavjud voqyelikka alohida olingan narsalar haqidagi juda ko‘p aniq materiallarni to‘plashda olimlarga yordam beradi.
Metafizik tafakkur uslubining asosiy xususiyati shundan iboratki, u tabiatdagi narsa va hodisalarni bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlikda, ularning uzluksiz o‘zgarish va rivojlanishda ekanli-gini ko‘ra bilmasligi va ko‘rishini ham istamasligidadir. Meta-fizika bir-biriga aloqasi bo‘lmagan qarama-qarshiliklar vositasi bilan fikr qiladi, uning so‘zi “ha-ha, yo‘q-yo‘q”. Uning nazarida buyum yo mavjuddir, yoki mavjud emasdir hamda xuddi shuningdek, bir buyum ayni paytda shu buyumning o‘zi, yana boshqacha narsa bo‘lol-maydi. Bunday yo‘l bilan tushunish, kundalik, odatdagi turmush tarziga ma'lum darajada muvofiq kelsada, haqiqiy ilmiy bilishda esa nomuvofiq, g‘ayri ilmiydir, chunki bizni o‘rab turgan voqyelikda har bir narsa voqyelikdagi boshqa narsalar bilan o‘zaro chambarchas bog‘langan. Ular uzluksiz harakatda, o‘zgarishda, rivojlanishdadir.
Falsafiy tafakkur usuliga aylangan metafizika biroz keng ma'noda, ya'ni dialektikaga zid usul sifatida qo‘llanila boshlaydi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling