Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Eklektika (yunon. “eklektikos” – “tanlovchi”) –


Download 0.86 Mb.
bet49/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Eklektika (yunon. “eklektikos” – “tanlovchi”)turli, ko‘pincha qarama-qarshi prinsip, qarash, nazariya, badiiy element va shu kabi-larning “eng yaxshisi”ni tanlab olishga intilish. Arxitektura va tasviriy san'atda turli uslubiy elementlar birikmasi yoki bino-lar, buyumlar badiiy bezagi uchun o‘rinsiz ravishda mazmunan nomunosib bo‘lgan maqsadlarda ishlatiladigan uslubiy bezaklardan foydalanish. Masalan, XIX asr arxitektura va badiiy san'atida tarixiy uslublarni qo‘llash.
Eklektik tarzda fikrlovchi kishilar g‘oya, qarashlarning yaxlit sistemasini tuzishdan voz kechib, har xil nazariya, baho, g‘oyalarni pala-partish, aralashtirib yuboradilar.
Demak, eklektika keng tarqalgan tafakkur uslublaridan biri bo‘lib, u bilish va ilmiy bilishda muhim va muhim bo‘lmagan, asosiy va ikkinchi darajali bog‘lanishlar o‘rtasidagi farqni hisobga ol-maydigan, narsalarning turli-tuman, ko‘pincha qarama-qarshi tomon-larini, tamoyilsiz qo‘shib yuboradigan metodologik uslubdir.
Formal mantiq qonunlari asosida hosil qilinadigan tafak-kur eklektik fikrlashga tubdan qarama-qarshi bo‘lib, eklektik tafakkurdan farqli ravishda mantiqiy tafakkur mohiyat e'tibori bilan sub'ektiv noto‘g‘ri talqinni istisno etadigan, mantiqiy alo-qadorlik asosida bir fikrdan ikkinchi fikrga o‘tishda, ya'ni to‘g‘ri fikrlashga asoslangan tafakkurga o‘z diqqatini qaratadi. Mantiq fikrlash jarayonida fikrlarimizdagi hal qiluvchi aloqadorlik qonunlarini tahlil qiladi, ularga ko‘ra haqiqatni xosil qilish uchun asoslab berishimiz lozim bo‘lgan qonun-qoidalarni shakllan-tiradi. To‘g‘ri fikrlash haqiqat hosil qilishning zaruriy shartidir. Ammo formal mantiq tafakkur shakllari (tushunchalar, xukmlar, xulosalar)ni tahlil qilar ekan, ularni inson amaliy va bilish faoliyati taraqqiyotidan keltirib chiqargan tarixiy jarayondan mus-tasno holda olib qaraydi. Formal mantiq narsa va hodisalarning tashqi barqaror aloqalarini mantiqiy qoidalarga rioya qilgan holda tabiiy va sun'iy tillarda ifodalaydi, xolos. Narsa va hodisa-larning ichki mohiyatini ifodalashga, ularning harakat rivojlani-shini ifodalashga ojizlik qiladi. Bu masalani dialektik tafakkur uslubi hal etish imkoniyatiga ega. Dialektika formal mantiqdan farqli ravishda har bir tarixiy davr mazmunini yoritishni va shu asosda uning mohiyatli belgilarini yangidan aniqlashni talab qila-di. Shunday qilib, dialektikada umumiy tushuncha o‘z mazmunining boyligi bilan namoyon bo‘ladi. Dialektik mantiq inson tafakkuri formalarini, ularning o‘zaro aloqadorligi va taraqqiyotida olib o‘rganishni maqsad qilib qo‘yadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling