Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eng umumiy qonunlar
Dialektikaning asosiy qonunlari. Inson borliqning xilma-xil bog‘lanishlarini o‘rganib, muayyan hodisalar uchun muhim, barqaror, asosiy, ichki, zaruriy, takrorlanib turadigan bog‘lanish-larni topib oladi. Bu bilan u mazkur bog‘lanishlarni boshqarib turadigan, ularda amal qiladigan qonunlarni ochadi, ulardan foydalanadi, salbiy ta'sirining oldini oladi.
Qonun bu – muayyan shart-sharoitda voqyealar rivojining xususiyati va yo‘nalishini belgilaydigan, ma'lum bir qat'iy nati-jani taqozo etadigan, tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatlarini ifoda-lash uchun ishlatiladigan falsafiy kategoriya. Qonun o‘zining xilma-xilligi bilan ta'riflanadi. Tabiat va jamiyat qonunlari ob'ektiv jarayonlarni aks ettirishiga qarab, bir-biridan farq qiladi. Tabiat qonunlari yer yuzida inson mavjud bo‘lmagan davrda ham mavjud bo‘lgan. Jamiyat qonunlari esa inson faoliyati natijasida paydo bo‘lgan shart-sharoitlar bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan. Jamiyat qonunlari kishilarning ijtimoiy munosabatlaridagi muhim, zarur, umumiy bog‘lanishini ifodalaydi. Mazkur qonunlarning yana bir farqli jihati shundaki, tabiat qonunlari jamiyat qonunlariga nisbatan asta-sekinlik bilan o‘zgarib boradi. Ijtimoiy qonunlar esa ma'lum bir davr mobaynida amal qilib, so‘ngra o‘z o‘rnini yangi qonunlarga bo‘shatib beradi, ba'zilari o‘z kuchini yo‘qotadi. Harakat qilish doirasiga qarab qonunlar: 1. eng umumiy, umumiy, xususiy qonunlarga bo‘linadi. Jumladan, moddalarning saqlanishi va aylanishi qonuni, ener-giyaning bir turdan ikkincha turga o‘tish qonuni – umumiy qonunlarga, xususiy qonunlarga fizikadagi Kulon qonuni, kimyodagi Mendeleev-ning kimyoviy unsurlarning davriy tizimi kabilar kiradi. Falsafiy qonunlar esa eng umumiy qonunlar turkumiga kiradi. Eng umumiy qonunlar tabiat, jamiyat, tafakkurning istisno-siz barcha ob'ektlariga xos bo‘lgan universal, ya'ni falsafiy qonun-lardir. Ular materiya, jamiyat taraqqiyotining umumiy hamma yerda, doim mavjud bo‘lgan xossalari, mayllari o‘rtasidagi umumiy, zaru-riy, barqaror, ichki takrorlanib turuvchi, muhim ob'ektiv bog‘lanish-larni ifodalaydi. U konkret funksional shaklga ega emas va matema-tik formulalar bilan ifodalanmaydi. Dialektika qonunlari odamlar ongi, irodasi, ijodining mahsulidir deb hisoblaydigan falsafiy qarashlarni rad etadi. Yana shuningdek, mazkur qonunlar doimiy va o‘zgarmasdir, tasodifiy bog‘-lanishlar in'ikosidir, deb da'vo qiladigan qarashlarni ham tanqid qiladi. Qonun kategoriyasi bilish, tafakkur taraqqiyotining bosqich-laridan biridir. Uning metodologik ahamiyati fan va amaliyot uchun g‘oyat muhimdir. Tabiiy, texnik, ijtimoiy fanlarda amal qiladigan qonuniyatlarni ochish, o‘rganish yordamida olimlar kelajakni ilmiy bashorat qilish yo‘lini topib beradilar, nazariyani amaliyotga aylan-tirishga yordamlashadilar. Tafakkurda in'ikos ettirilgan qonunlar istagan fanning, jumladan, falsafaning yuragini, qalbini tashkil qiladi. Dialektikaning asosiy qonunlari: qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni; miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni; inkorni inkor qonuni. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling