Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
Inkorni inkor qonuni. Rivojlanish jarayonining yo‘nalishi, shakli va natijasi, rivojlanishdagi tadrijiylik va vorislik birligi, yangisining yuzaga kelishi va eskining ayrim tomonlari nisbatan takrorlanishini ko‘rsatadi.
Inkorni inkor qonuniga ko‘ra, rivojlanish stikllarda amalga oshadi, har bir stikl 3 bosqichdan iborat: ob'ektning dastlabki holati, uning o‘z zidiga aylanishi (inkor), bu zidlik yana o‘z zidiga aylanishi (inkorni inkor). Rivojlanish jarayonining shakli spiralga o‘xshaydi: har bir stikl rivojlanishning bir o‘rami, spiralning o‘zi esa stikllar zan-jiridir. Qonunning amal qilishi faqat yaxlit, nisbatan tugal rivojlanish jarayonidagina ko‘rinadi. Har alohida bosqichda qonun, odatda, tendensiya sifatida namoyon bo‘ladi. “Ziddiyatlarning tabiatini tahlil qila turib, ularning rivoj-lanish jarayonida faqat inkor etib qolinmasdan, balki inkorning inkori sifatida hal etilishi to‘g‘risidagi g‘oya” ilk bor Gegel tomonidan ilgari surilgan. Bunda birinchi inkor – ziddiyatlarning topilishi, ikkinchisi – ularning hal etilishi. Ya'ni, rivojlanish-ning yuqori bosqichi o‘z ichiga uning quyi bosqichini qamrab oladi va ayni paytda uni inkor qiladi. Demak, inkor etilmoq – bir vaqtning o‘zida ham mavjudlikni ham yuksalishni nazarda tutadi. Inkorni inkor qonuniga ko‘ra, taraqqiyot yanada yuqorilab ketuv-chi chiziq bilan, yuksalib boruvchi yo‘l bilan, zigzagsimon shaklda ham sodir bo‘ladi. Taraqqiyot dialektik inkorlarning zanjiridir, har bir inkor bu zanjirning xalqasidir, bu xalqalarning har biri odingisini rad etmaydi, balki undagi ijobiy jihatlarni saqlaydi, yuqori bo‘g‘in, daraja, bosqichlarda taraqqiyotning butun boyligini o‘zida mujassamlashtiradi. Inkorni inkor jarayonida vorislik namoyon bo‘ladi. Vorislik deb, narsa, hodisa, bilish taraqqiyotida yangi bilan eski o‘rtasidagi ob'ektiv, zaruriy bog‘lanishni tushunamiz. Vorislik taraqqiyotning yanada yuksakroq shakli quyirog‘ini, oldingisini meros qilib olgan holda uni bekor qilmasligini, balki o‘z doirasiga olishi va o‘ziga bo‘ysundirishini bildiradi. Xulosa qilib, inkorni inkor qonuni narsa, hodisa, jarayonlarda inkor etayotgan bilan inkor etilayotgan o‘rtasidagi bog‘lanish, vorislikni taqozo etadi, buning natijasida dialektik inkor quruq, bekorchi inkor etishni bildirmaydi, ol-dingi rivojlanishni rad etmaydi, uni aldagi taraqqiyotning sharti, bosqichi deb hisoblaydi, oldingidan ijobiy, hayotchan,istiqboli porloq jihatlarni saqlab qoladi, boshlang‘ich bosqichlardagi ayrim belgilarni yuksak asosda takrorlaydi, umuman yuqorilab boruvchi xossaga ega bo‘lgan taraqqiyotnigina o‘rganadi, o‘rgatadi, ifodalaydi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling