Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Mavzuning asosiy tayanch tushunchalari


Download 0.86 Mb.
bet62/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Mavzuning asosiy tayanch tushunchalari: bilish nazariyasi, gnoseologiya, epistemologiya, fanshunoslik, bilashning sub'ekti, bilishning ob'ekti, haqiqat, absolyut haqiqat, nisbiy haqiqat.


Takrorlash uchun savollar:

  1. Bilish qanday jarayon?

  2. Bilishning sub'ekti, deb nimaga aytiladi?

  3. Bilishning ob'ekti, deb nimaga aytiladi?

  4. Haqiqat, deb nimaga aytiladi?

  5. Nisbiy va absolyut haqiqatlar, deb nimaga aytiladi?

  6. Bilishning bosqichlari qaysilar?

  7. Kundalik va ilmiy bilishning farqli tomonlarini aytib bering.

9-mavzu: Jamiyat falsafasi


Siz quyidagilarni o‘rganasiz:
jamiyat tushunchasi;
jamiyat genezisi;
jamiyatning tuzilishi;
jamiyatning moddiy va ma'naviy hayoti;
jamiyat hayotining asosiy sohalari;
jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi diniy-naturalistik va falsafiy ta'limotlar.


Mavzuning maqsadi:
jamiyat tushunchasi, uning mazmun va mohiyati to‘g‘risida tasavvur hosil qilish;
jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi nazariyalar bilan tanishtirish;
jamiyatning turli shakl va ko‘rinishlariga izoh berish;
jamiyatning moddiy va ma'naviy hayoti, ularning birligi va o‘zaro bog‘liqligini aniqlash;
jamiyat hayotining asosiy sohalari va ularni boshqarish to‘g‘risida tasavvur hosil qilish.


Jamiyat tushunchasi. Jamiyatni diniy-naturalistik va fal-safiy tushunish. Falsafa insonning olamga munosabatini tadqiq etadi. Olam murakkab, u turli-tuman ko‘rinishlarga ega. Jamiyat olamning bir ko‘rinishi, muhim tomoni, namoyon bo‘lish shakli hisob-lanib, u ijtimoiy falsafa tomonidan o‘rganiladi. “Jamiyat” so‘zi barchamizga juda tanish bo‘lib, hyech qanday tushuntirishga muhtoj emasday bo‘lib tuyuladi. Aslida esa, u juda ko‘p ma'noli tushunchadir.
Jamiyat” tushunchasi arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “umumiy-lik”, “birlik”, “majmua”, “jamlangan” degan ma'nolarni anglata-di. Bu tushuncha kishilarning umumiy ijtimoiy faoliyatlari va munosabatlarining birligi, ularning muayyan maqsad asosida uyush-gan usuli va shaklini ifodalaydi. Bu tushunchaning kundalik ongda-gi, ilmiy va falsafiy adabiyotlarda qo‘llaniladigan tor va keng ma'nolari mavjud.
Jamiyat” tushunchasi, tor ma'noda, ma'lum kishilarning biror maqsad yoki faoliyat asosida uyushgan birligini yoki insoniyat hayoti va taraqqiyotining muayyan aniq bosqichini ifodalaydi. Masa-lan, “O‘zbekiston xotin-qizlar jamiyati”, “feodalizm jamiyati” kabi. Keng ma'noda, “jamiyat” tushunchasi falsafiy jihatdan, insonlarning ongli faoliyati jarayonida o‘zaro ijtimoiy munosa-batlar orqali uyushgan birligini, uning o‘ziga xos uyushish usuli va mavjudlik shaklini ifodalaydi. Bu tushuncha ilmiy va falsafiy adabiyotlarda “kishilik jamiyati” yoki “jamiyat” shaklida qo‘llani-ladi. U eng umumiy va mavhum tushunchalardan biridir.
Birinchidan, jamiyat deganda, o‘z ko‘lamiga ko‘ra turli xil ijtimoiy organizmlar tushuniladi:
- ma'lum hududda ma'lum tarixiy davrda mavjud bo‘ladigan alohida jamiyat (masalan, Qadimgi Yunon jamiyati, zamonaviy o‘zbek jamiyati va h.k.);
- bir nechta alohida jamiyatlarning regional birlashmasi (masalan, G‘arbiy yevropa jamiyati, musulmon dunyosi va h.k.);
- tarixiy jarayonda bir butun sifatida rivojlanuvchi insoniy jamiyat;
Ikkinchidan, jamiyat tushunchasi mavhumlikning turli daraja-larida ham turlicha ma'no kasb etadi:
- mavhumlikning birinchi darajasida jamiyat aniq tarixiy vujudga kelgan ijtimoiy organizmni anglatadi (masalan, alohida jamiyat, bir butunlik sifatidagi insonlar jamiyati);
- mavhumlikning ikkinchi darajasida bu tushuncha jamiyatning ma'lum tipini anglatadi (masalan, ibtidoiy jamiyat, industrial jamiyat);
- mavhumlikning yuqori darajasida “jamiyat” tushunchasi har qanday jamiyatga xos bo‘lgan belgilarni aks ettiradi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, ijtimoiy borliqqa xos barcha xususiyatlarni ifodalaydi.
Olimlar, faylasuflar qadimdan jamiyat nima? U qanday tuzi-lishga ega? Jamiyatning rivojlanishi qanday omillar bilan bog‘liq? Inson unda qanday o‘ringa ega? degan savollarga javob qidirib kelganlar. Bu esa jamiyat haqidagi turli xil falsafiy qarashlar-ning shakllanishiga sabab bo‘lgan.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling