Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet63/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Diniy dunyoqarash jamiyatning kelib chiqishi, o‘zgarishining sabablarini ilohiyotdan izlagan. Unga ko‘ra, jamiyat xudo tomonidan insonlarga berilgan in'omdir. Jamiyatdagi biror ijtimoiy hodisa xudoning aralashuvisiz yuz bermaydi.
Ayrim falsafiy qarashlarda jamiyatning mohiyati, taraqqiyoti sabablari ongdan, g‘oyalardan, ma'naviyatdan izlangan. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining fikricha, olam, shu jumladan, jamiyatning kelib chiqishi birinchi sababga – “vujudi vojib”, ya'ni “zaruriy vujud” (Olloh)ga bog‘liq.
Jamiyat haqidagi qarashlar zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” ham ifodalangan. Unda mo‘tadil jamiyat ma'qul-langan, shunday jamiyatdagi davlat ideal davlat deb hisoblangan.
Qadimgi yunon faylasufi Aflotun takomillashgan kishilik jamiyatini, ideal davlatni barpo etish lozim, deb hisoblagan.
Aristotel esa, kambag‘allar ham, boylar ham emas, balki o‘rtacha daromadga ega kishilar jamiyatini va adolatga amal qili-nishining tarafdori bo‘lgan.
Aristotelning falsafiy qarashlarida jamiyatga taalluqli bir qator muammolar ko‘tarilgan. Bular – jamiyatning kelib chiqishi, mehnat taqsimoti, qullik, tabaqalanishning kelib chiqishi, ta'lim-tarbiya, iqtisodiy va siyosiy hayot masalalari va hokazolar.
Ayni paytda Aristotel qarashlarida jamiyatni falsafiy ang-lashning ikki asosiy tomoni o‘z aksini topgan. Bu, birinchidan, Aristotelning axloqiy ta'limoti va, ikkinchidan, davlat to‘g‘risi-dagi ta'limoti. Aristotel jamiyatni davlat bilan uzviy birlikda olib qaraydi. Aristotelning fikricha, jamiyatni davlatdan ajra-tib bo‘lmaydi, inson siyosiy mavjudot hisoblanadi. Aristotel qadimgi Yunonistonning 158 shahar-davlatlari tarixini tiklashga muvvaffiq bo‘lgan.
Jamiyat, unda odamlarning o‘rni, ularning hamkor, hamnafas bo‘lib yashashi to‘g‘risidagi g‘oyalar Markaziy Osiyoda shakllangan moniylik va mazdakiylik ta'limotilarining asosini tashkil etadi.
Jamiyat haqidagi qarashlarning rivojlanishida Markaziy Osiyolik buyuk uch alloma – Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlarining o‘rni beqiyosdir.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling