Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prezident Islom Karimov
XX asrning oxirlarida bu kabi nazariyalar jamiyat taraqqiyo-tining yangi talablariga javob bera olmay qoladi. Oqibatda, 90-yillarda sotsialistik lager parchalanishi bilan Sovet Ittifoqi yemiriladi. Uning o‘rnida mustaqil davlatlar vujudga kelishi natijasida jamiyat to‘g‘risidagi o‘zini oqlamagan bir tomonlama va cheklangan bu nazariyalar ham uloqtirib tashlandi. Natijada, musta-qillik talablariga mos yangicha falsafiy qarashlarni ishlab chiqish va jamiyat rivojining yangi istiqbollarini belgilab berish zaru-riyati tug‘iladi. Shu jumladan, endigina o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston uchun ham.
Prezident Islom Karimov boshchiligida ishlab chiqilgan “O‘zbekistonning o‘ziga xos va o‘ziga mos taraqqiyot yo‘li” va uning besh tamoyili ayni shu zaruriyatni anglab unga berilgan javob bo‘ldi. Bugungi kunda O‘zbekistonning bozor iqtisodiyoti munosabat-lariga o‘tishida bu besh tamoyil jamiyatimiz rivojlanishining yangi istiqbollarini belgilovchi asosiy omillar sifatida xizmat qilmoqda. “O‘zbek model”ining ko‘pchilik boshqa milliy modellardan farq qiladigan xususiyati shundaki, u faqat iqtisodiy rivojlanish emas, balki keng ma'nodagi milliy tiklanish va ijtimoiy taraqqiyot modelidir. Shu sababdan u iqtisodiyot bilan bir qatorda davlat qurilishi, ijtimoiy soha va ma'naviyatni, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oladi. Falsafa nuqtai nazaridan jamiyatni tahlil qilish quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1) jamiyat bir butun yaxlit olamning tarkibiy qismi, borliq, tabiatning o‘ziga xos ko‘rinishi, odamlar uyushmasining maxsus shakli; 2) jamiyat bir butunlikni, yaxlitlikni tashkil etuvchi ijti-moiy tizimdir. Falsafa jamiyatni yaxlitlik sifatida olib o‘rgana-di va shu asosda uning mavjudligi, taraqqiyot qonunlarini ochib beradi; 3) ijtimoiy falsafa jamiyatning barcha tomonlari orasidagi aloqadorliklar va taraqqiyotni tadqiq etadi; 4) Ijtimoiy falsafa jamiyat ham olam kabi uzluksiz hara-katda, o‘zgarishda, taraqqiyotida, deb biladi, unda kechadigan barcha voqyea-hodisalarni dinamik jarayon sifatida o‘rganadi. Jamiyatning mohiyatini ochib berishda quyidagilarni nazarda tutish lozim: - jamiyat o‘zini-o‘zi tashkillovchi va boshqaruvchi tizim (sis-tema) sifatida o‘z ichki qonunlari asosida quyidan yuqoriga, soddadan murakkabga tamon ziddiyatli taraqqiy etib boradi; - jamiyat taraqqiyoti yoki tanazzulida inson omili rol o‘ynaydi; - agar odamlar, ularning uyushmalari, shaxslar, ayniqsa, tari-xiy shaxslar ijtimoiy qonunlarga amal qilib, faoliyat yo‘nalishi belgilasalar, jamiyat taraqqiy etib boradi, aksincha bo‘lishi ham mumkinligiga tarix shohid; - jamiyat qonunlari tabiat qonunlaridan farqli ravishda ular umumiy mayl (tendensiya) sifatida namoyon bo‘ladi, ana shuni anglab olgan shaxslar jamoa va jamiyatga aniq sotsial qiyofa ato etib, umumiy harakatni vujudga keltiradilar; - jamiyatni insonsiz tasavvur qilish mumkin emas. Jamiyat bu, avvalo, insonlar uyushuvi, birikishuvidan iborat bo‘lgan jamoadir. Lekin odamlarning har qanday uyushuvi jamiyatni tashkil etmaydi. Jamiyat maqsadlari, orzu-intilishlari, yashash tarzlari mushtarak bo‘lgan kishilar uyushuvi hisoblanadi; - jamiyat bir butunlikni tashkil qiluvchi yaxlit ijtimoiy vujud bo‘lib, uni odamlarning mehnat faoliyatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Kishilar faoliyatlari davomida o‘zlarini o‘rab turgan olam, ya'ni tabiat bilan hamda o‘zaro bir-birlari bilan aloqaga, munosabatlarga kirishadilar. Shundan kelib chiqqan holda, jamiyat tushunchasini maqsadlari, intilishlari mushtarak bo‘lgan kishilar faoliyati, uning ko‘rinishlari, shuningdek, kishilar orasidagi ijti-moiy munosabatlar mahsuli va ko‘rinishi sifatida tushunmoq lozim; - jamiyat shunday bir ijtimoiy uyushmaki, u doim o‘zgarib, taraqqiy etib boradi, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o‘tadi. Tabiat taraqqiyoti singari jamiyat taraqqiyoti ham qonuniy tarzda kechadi. Jamiyatlar ochiq jamiyat, yopiq jamiyat, axborotlashgan jamiyat, fuqarolik jamiyati kabi shakl va ko‘rinishlarga ega. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling