Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborotlashgan jamiyat
- “fuqarolik jamiyati”
- Jamiyatniig tuzi-lishi
Ochiq va yopiq jamiyat tushunchalarini ijtimoiy falsafaga ingliz olimi Karl Popper (1902-1994) kiritgan. U yopiq jamiyatni totalitar siyosiy tuzumning mahsuli sifatida ta'riflaydi. Ochiq jamiyatda fuqarolar shaxs hisoblanadi. Bunday jamiyatda muayyan qarorlarni qabul qilishda fuqarolar qatnashadilar. Karl Popper ochiq jamiyatni bozor iqtisodi (bozor erkinligi) bilan bog‘laydi. Uning fikricha, dunyoda insonparvarlik tamoyiliga asoslangan ijtimoiy tuzumni tashkil etish uchun insoniyat beshta muhim vazifani ado etishi zarur.
1. Erkinlikni mustahkamlash, undan kelib chiqadigan mas'uliyatni anglash; 2. Dunyoda tinchlik o‘rnatish; 3. Qashshoqlikka qarshi kurash; 4. Demografik “portlash”ga qarshi kurash; 5. Zo‘ravonlikka qarshi ta'lim-tarbiyani jadallashtirish13 7. Axborotlashgan jamiyat tushunchasi amerikalik faylasuf va sotsiolog Olvin Toffler (1928 yilda tug‘ilgan) tomonidan iste'molga kiritilgan, u postindustrial jamiyatni axborotlashgan jamiyat, deb ataydi. Axborotlashgan jamiyat deganda informatsiya, ijodiyot va intellektual texnologiyaning ahamiyati ortib borgan jamiyat nazarda tutiladi. Bu jamiyat kompyuterlar, lazer texnikasi, biotexnologiya, gen injeneriyasi, informatika, elektronika, televideokommunika-siya rivoji bilan bog‘liq ravishda mavjud bo‘la oladi. Bu jamiyatda asosiy e'tibor mashinalarni o‘zgartirishga emas, balki kishilar ongi va madaniyatini o‘zgartirishga qaratiladi. Falsafa fani doirasida ideal jamiyatga nisbatan “fuqarolik jamiyati” tushunchasi qo‘llanadi. Garchi fuqarolik jamiyati tushun-chasi iste'molga nisbatan keyin kiritilgan hisoblansa-da, aslida u haqidagi falsafiy fikrlar qadimiy davrlardan shakllangan. Aristotel “Siyosat” asarida fuqarolik jamiyati muammosiga diqqatini qaratgan va uni “polis” sifatida ifodalagan. Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida fuqa-rolik jamiyatiga xos xususiyat – boshqaruvning jamoatchilik asos-lari haqidagi g‘oyalarni ilgari surgan. Hap qanday jamiyat muayyan tuzilishga ega. Jamiyatniig tuzi-lishi deganda, uning qanday ijtimoy guruhlardan, sinflardan tash-kil topganligi, ijtimiy siyosiy uyushmalar, tashkilotlar nazarda tutiladi. Oila va etnik birliklar (urug‘, qabila va h.q.) jamiyat tarkibining muhim qismi hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyoti tarixiy jarayon bo‘lib, u kishilarning ama-liy faoliyatlari orqali amalga oshadi. Shu ma'noda jamiyat taraq-qiyotining manbaini insonning mehnati, jamiyat a'zolarining fao-liyati tashkil etadi, deyish o‘rinlidir. Jamiyat taraqqiyoti ob'ektiv va sub'ektiv omillar ta'sirida kechadi. Jamiyatning, undagi tarixiy jarayonning sub'ekti deganda, xalq ommasi, shaxslar va tarixiy shaxslar nazarda tutiladi. Tarixan jamiyat taraqqiyotining ikki yo‘li ma'lum: inqilobiy va tadrijiy. O‘zbekiston o‘z mustaqil taraqqiyotining tadrijiy yo‘-lini, bosqichma-bosqich o‘zgarishlar yo‘lini tanlab olgan. Buni jami-yat taraqqiyotining respublikamizga xos modeli, deb atash mumkin. Jamiyatdagi barcha narsa (moddiy va ma'naviy boyliklar, kishilar hayoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va h.k.)lar muayyan faoliyat jarayonida amalga oshiriladi. Insonlar faoliyati va ular o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar jamiyatning asosiy mazmunini tashkil qiladi. Bu munosabatlarga ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, mafkuraviy, axloqiy, ilmiy, diniy, estetik faoliyatlar va ularga mos keluvchi munosabatlar kiradi. Ijtimoiy munosabatlarning amal qilishi jarayonida kishilarni uyushtirishning tarixiy shakllari – oila, davlat, jamoa (qishloq va shaharlar) vujudga kelgan. Mana shu ijti-moiy uyushmalar orqali kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyoj-lari qondirilgan. Ular mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zaruriy sharti hisoblanadi. Masalan, oila, Vatan, ta'lim-tarbiya kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o‘z mohiyatini yo‘qotadi. Jamiyatni falsafiy jihatdan tahlil qilganda, uni ikkiga ajratib ko‘rsatish mumkin: Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling