Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamiyatning manaviy hayoti
Jamiyatning moddiy hayoti;
Jamiyatning ma'naviy hayoti. Jamiyatning moddiy hayoti deganda insonning shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy shart-sharoitlar – oziq-ovqat, kiyim-kechak, yoqilg‘i, turar-joy, kommunikatsiya vosita-lari, moddiy ne'matlar tushuniladi. Jamiyatning moddiy hayoti moddiy ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladi. Moddiy ishlab chiqarish vujudga kelishi uchun insonlar harakat qilishlari kerak. Moddiy ishlab chiqarish jarayonida moddiy ne'matlar yaratiladi. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz mavjud bo‘lmaydi. Jamiyatning ma'naviy hayotiga olamni anglash, jamiyat va inson haqidagi qarashlar, ta'limotlar, g‘oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta'lim-tarbiya, axborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va h.k.lar kiradi. Jamiyatning ma'naviy hayoti ma'naviy ishlab chiqarish natijasida vujudga keladi. Masalan, oliy o‘quv yurti ma'naviy ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi. Ma'naviy ishlab chiqarish jarayonida siyosiy, huquqiy, mafkura, fan, din, axloq, san'at sohasida boyliklar, qadriyatlar barpo etila-di. Bu ma'naviy boyliklar olimlar, ziyolilar, shoir va yozuvchilar, nazariyotchilar tomonidan yaratiladi. Ma'naviy boyliklar avloddan-avlodga, bir iqtisodiy-ijtimoiy tuzumdan ikkinchisiga meros sifatida o‘tadi. Ma'naviy qadriyatlarni to‘g‘ri beligilash va tushu-nish taraqqiyotga katta ta'sir ko‘rsatadi. Bir butun jamiyat hayotining negizi – moddiy va ma'naviy ish-lab chiqarishining birligi asosida, jamiyat moddiy va ma'naviy hayoti vujudga keladi va rivojlanadi. Bunda ishlab chiqarish jarayoni, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari, mehnatni tashkil etish, ijodiy va oqilona ish yuritish, fan-texnika va texnologiyani amaliyotga joriy etish ma'naviyat va ma'rifatsiz yuzaga kelmaydi. Demak, moddiy hayot ma'naviy hayotsiz, ma'naviy hayot esa moddiy hayotsiz mavjud bo‘lolmaydi. Jamiyat o‘z hayotiy zarur ehtiyojlarini qondirishda o‘zaro aloqador bo‘lgan odamlar birgalikda yashashining muayyan ijtimoiy tizimi hisoblanadi. Odamlar o‘rtasida muayyan munosabatlar – ijtimoiy munosabatlar o‘rnatiladi, ular ob'ektiv xarakterga ega. Bu munosabatlar kishilarning ob'ektiv ehtiyojlari va yashash sharoitlari natijasida shakllanadi hamda ular asosida yashayotgan odamlar jamiyatni tashkil qiladi. Jamiyat ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidan iborat. Ijti-moiy munosabatlar bu – jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, ilmiy, estetik, ma'naviy va ma'rifiy faoliyatlari jarayonida turli etnik guruhlar, millatlar, xalqlar, davlatlar, mamlakatlar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlardir. Jamiyat-dagi hamma narsa muayyan faoliyat jarayonida vujudga keladi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling