Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet70/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Madaniy-ma'naviy sohada kishilar turli ma'naviy qadri-yatlarni yaratadi, tarqatadi va jamiyatning turli qatlamlari tomoni-dan o‘zlashtiriladi. Bu sohaga adabiyot, san'at, musiqa va asarlari bilan bir qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy me'yor-lar va h.k.lar kiradi. Ya'ni ijtimoiy hayotning ma'naviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi. Ijtimoiy hayotning ma'naviy sohasi tarixan shakllangan bo‘lib, u o‘zida jamiyat taraqqiyotining geografik, milliy va boshqa xususiyatlarini aks ettiradi.
Boshqarish” yoki “boshqaruv” falsafiy tushuncha sifatida juda keng mazmunga ega. Keng ma'noda boshqaruv tabiatga ham, jami-yatga ham mos jarayondir. Jamiyat hayotiga nisbatan boshqaruv jamiyat-ning sifat muayyanligini ta'minlovchi, jamiyat hayoti sohalarining o‘zaro aloqalarini ma'lum maromda ushlab, yanada takomillashti-ruvchi, ularga muayyan yo‘nalish beruvchi omildir.
Garchi, jamiyat o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi tizim bo‘lsa ham, binobarin, boshqaruv jamiyat hayoti va taraqqiyotida muhim shartdir. Boshqaruv jamiyatning eng oddiy yacheykasi – oiladan boshlab, hamma: iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy sohalarga, xullas, bir butun jamiyat hayotiga xos jarayondir. Jamiyat hayoti va faoliya-tini boshqarish ijtimoiy hokimiyat orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy hokimiyat jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma'naviy sohalarini ham qamrab oladi va boshqaradi.
Jamiyatni boshqarish jamiyat hayoti sohalariga ko‘ra, uchga bo‘li-nadi: iqtisodiy sohani boshqarish, siyosiy sohani boshqarish, mada-niy-ma'naviy sohani boshqarish. Jamiyatning taraqqiy etib borishi bilan uni boshqarish ham mukammallashib, rivojlanib boradi. Ja-miyat ishlab chiqarish jarayoni ortib, mehnat taqsimoti rivojlanib borishi bilan jamiyatda zaruriy ravishda faoliyatning alohida turi – boshqaruv vujudga keladi. Ana shu boshqaruv organi ijtimoiy hokimiyatdir. Jamiyatni boshqarish sub'ekti yoki sub'ektlari: ijti-moiy hokimiyatga oid muassasalar, tashkilotlar, ishlab chiqarish ja-moalari, ijtimoiy mulk egalari, alohida shaxslar bo‘lishi mumkin. Jamiyatni boshqarish ob'ekti esa, jamiyat hayoti sohalari, ularga xos korxona, tashkilot, muassasalar va nihoyat, bir butun jamiyat, uning yacheykalari, jamiyat hayotining turli tarmoqlari bo‘lishi mumkin. Jamiyatni boshqarishning sub'ekti va obekti o‘zaro bog‘liq, ular bir-birlariga ta'sir va aks ta'sir qilib turishadi. Lekin, jamiyatni boshqarish ko‘p jihatdan sub'ektga bog‘liqdir. Boshqarish sub'ekti boshqarish sohasiga oid chuqur bilim, tajriba, malakaga ega, ishbi-larmon, tadbirkor, iste'dodli bo‘lsa, samarali va puxta ishlangan qarorlar qabul qilib, ularning ijrosini sifatli amalga oshira olsa, boshqarish samarali bo‘lib, jamiyat ravnaq topadi.
Jamiyat taraqqiyotida siyosiy munosabatlar va siyosiy hokimiyat-ning vujudga kelishi bilan jamiyatni boshqarish yangi sifat kasb etadi. Bunda davlat, davlat tashkilotlari, muassasalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar boshqaruv sub'ektlari sifatida faoliyat olib boradigan bo‘ladi. Lekin, bularga qaramasdan, davlat jamiyatni boshqarishning asosiy elementi – asosiy sub'ekti bo‘lib qoladi. Davlat iqtisodiyotni, siyosiy sohani, ma'naviyatni boshqarishga, ularni takomillashtirish va rivojlantirishga boshchilik qiladi.
Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xosdir.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling