Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet71/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining evolyusion rivoj-lanishi, ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir tekis faoliyat ko‘rsatish imkoniyatidir. Insoniyat tarixida jamiyat barqarorligini ta'minlashning monarxiyaga asoslangan, aristokratik, totalitar va demokratik usullari tajribadan o‘tgan.
Beqarorlik ichki va tashqi tahdid va ziddiyatlar tufayli vujudga keladi. Beqarorlik bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa bir ijtimoiy-siyosiy tuzumga o‘tish davrida keskinlashishi mumkin. Jamiyat barqarorligining izdan chiqishi kishilar ruhiyatidagi salbiy o‘zgarishlarda, qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy burchning bajarilmasligida, ijtimoiy ideallarning yo‘qolishida, g‘oya va mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli xil jinoiy guruhlarning paydo bo‘lishida, ijtimoiy adolat mezonlarining buzilishida va boshqa turli xil ziddiyatlarning keskinlashuvida namoyon bo‘ladi.


Mavzuning asosiy tayanch tushunchalari: jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, moddiy hayot, ma'naviy hayot, jamiyatning tarkibiy tuzilishi, demokratik jamiyat, fuqarolik jamiyati.


Takrorlash uchun savollar:

    1. Jamiyat, deb nimaga aytiladi?

    2. Moddiy va ma'naviy hayot uyg‘unligi deganda nimani ushunasiz?

    3. Jamiyatning tuzilishini tushuntirib bering.

    4. Jamiyat to‘g‘risidagi qanday ta'limotlarni bilasiz?



10-mavzu: Inson falsafasi


Siz quyidagilarni o‘rganasiz:
“inson” falsafaning bosh mavzui;
inson antroposotsiogenez jarayonining mahsuli;
insonda tabiiylik va ijtimoiylik;
inson hayotining mazmuni va ma'nosi;
evtanaziya tushunchaci.


Mavzuning maqsadi:
“inson” falsafiy kategoriyasi, uning genezisi to‘g‘risida tasavvur hosil qilish;
insonning tabiati va mohiyati to‘g‘risidagi ta'limot va qarashlar haqida tasavvur hosil qilish;
insonning biologik, ijtimoiylik va psixologik xususiyatlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish;
inson hayotining mazmuni va ma'nosi, insonning hayoti va o‘limi to‘g‘risidagi qarashlarning rang-barangligi bilan tanishtirish.

Inson” falsafiy kategoriyasi, uning genezisi. Jahon falsafiy tafakkuri tarixida inson muammosi alohida o‘rin egallab keldi. Insonning mohiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni, inson hayotining ma'nosi singari masalalarni o‘rganish bilan shug‘ullana-igan falsafaning alohida bir sohasi inson falsafasi yoki antropo-ogik falsafa nomini oldi.


Hozirgi zamon antropologik falsafasining inson to‘g‘risidagi ta'limotini batafsil tahlil qilishdan oldin falsafiy tafakkur tarixida chuqur iz qoldirgan ulug‘ mutafakkirlarning inson mohiyati to‘g‘risidagi ta'limot va qarashlariga qisqacha to‘xtalish maqsadga muvofiqdir.
Markaziy Osiyo xalqlarining islomgacha bo‘lgan falsafiy tafakkuri diniy-mifologik ta'limotlar bilan uyg‘un holda rivoj-langan. Ular bizga diniy-falsafiy yodgorliklar orqali yetib kelgan. Jumladan, “Avesto”da insonning mohiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni, inson hayotining ma'nosi singari masalalarni o‘zida aks ettirgan qarashlar o‘z ifodasini topgan. Masalan, “ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal inson borlig‘ining tub asosi, ma'naviy barkamollik inson hayotining bosh maqsadi sifatida ulug‘lanadi14.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling