Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimgi Yunonistonlik
- Demokrit (mil. avv. 460-370)
- Qadimgi Gretsiyada Platon (mil. avv. 427-347)
Qadimgi Xitoy faylasufi, tarixchi va davlat arbobi Konfu-siy (Kun Futszi, mil. avv. 552-479) o‘zining falsafiy qarashlari markaziga inson va uning kamoloti masalasini qo‘ygan. Uning ta'limotiga ko‘ra, har bir inson o‘z hayotida dao qonunlariga amal qilishi, ilm orqaligina ideal inson darajasiga yetishi mumkin. Har bir inson kamolotga erishmoq uchun axloqiy qoidalarga amal qili-shi, o‘zida odamiylik, insonga hurmat va muhabbat hissini tarbiya-lashi kerak. Konfutsiy tomonidan axloqiy ongning inson borlig‘i-ning tub asosi sifatida ta'riflanishi muhim ahamiyatga ega edi. Bu g‘oya keyingi davrlarda I. Kant va boshqa bir qator faylasuflar tomonidan ijodiy rivojlantirildi.
Qadimgi Yunonistonlik faylasuflar inson muammosini barcha falsafiy muammolar markaziga qo‘yishlari natijasida hozir-gi zamon yevropa antropologik falsafasi an'analarini boshlab berdilar. Milet maktabi vakillari insonga koinotning ajralmas bir qismi, kichik olam sifatida qaradilar. Qadimgi Yunon faylasufi Suqrot (mil. avv. 469-399) inson, uning axloqi masalalariga alohida e'tibor bergan. U “bilim fazilatdir”, degan hikmatli iborani ilgari surdi. Uning fikricha, inson hayotining ma'nosi barkamollikka intilish, o‘zlikni anglash va o‘z axloqiy mohiyatini ro‘yobga chiqarishdir. Uningcha, o‘z xatti-harakati qanday oqibatlarga olib kelishini biladigan har bir odam hyech qachon mavjud tartib va qonunlarga qarshi bormaydi, jinoyatga yo‘l qo‘ymaydi. Axloqiy erkinlik va haqiqat bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Suqrot o‘z hayotini haqiqat yo‘lida fido qilgan ulug‘ faylasufdir. Demokrit (mil. avv. 460-370) inson to‘g‘risidagi materia-listik ta'limotga asos solgan bo‘lib, u butun olam va uning tarki-biy qismi bo‘lgan inson bitta ibtidodan, ya'ni mayda zarracha (atomlar)dan tashkil topgan, deya izohlaydi. Hatto, inson joni ham atomlardan tashkil topgan bo‘lib, inson tanasi o‘lishi bilan jon ham o‘ladi. Chunki tana va jon mohiyatan atomlardan tashkil topgandir. Demokrit inson hayotining bosh maqsadi baxtli bo‘lishdir, baxt – ruhning xotirjamligidir, degan g‘oyani ilgari surdi. (Inson mohiyatini bunday sodda va jo‘n tushunish falsafa rivojining ancha keyingi davrlarida marksistlar tomonidan davom ettirildi). Bu qarashga teskari tarzda Qadimgi Gretsiyada Platon (mil. avv. 427-347) inson mohiyatini idealistik asosda tushuntirishga harakat qiladi. U jon va tanani, ruh va jismni bir-biridan farq-laydi. Insonni inson qilib turgan va boshqa mavjudotlardan farq-laydigan mohiyatli asos ruhdir, degan g‘oyani ilgari suradi. Tana ruhga qarshidir. Ruh tanaga nisbatan birlamchi va muhimroqdir. Chunki ruh abadiy, tana esa foniy (o‘tkinchi)dir. Platon ruh daraja-larini ham farqladi: oliy va quyi ruh. Inson ruhi muttasil ravishda ilm vositasida g‘oyalar dunyosiga intiladi. Insonni boshqa mavjudotlardan ustun qo‘yadigan muhim fazilat ilmga tashnalikdir. Platonning qarashlariga ko‘ra, inson hayotidagi butun ziddiyat tana va ruh o‘rtasidagi ziddiyat bilan bog‘-liqdir. Tana istaklari insonni hayvonga yaqinlashtirsa, ruh ehtiyoj-lari insonni hudoga yaqinlashtiradi. Inson ikki dunyo oralig‘ida ikkilanadi: uning tubanligi yoki ulug‘vorligi nimani tanlashiga bog‘liqdir. Platonning inson, uning mohiyati to‘g‘risidagi qarash-lari asosida keyinchalik turli falsafiy yo‘nalishlardagi maktablar shakllandi. Markaziy Osiyolik mutafakkirlarining dunyoqarashiga o‘zining ta'sirini ko‘rsatdi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling