Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Forobiy, Beruniy, Ibn Sino
- Abu Rayhon Beruniy (973-1048) va Abu Ali Ibn Sino (980-1037)
- Muhammad G‘azzoliy (Abu Hamid ibn Muhammad G‘azzoliy, 1059-1111)
Aristotel (mil. avv. 384-322) esa, inson ruhi tananing shakli va mohiyati, tirik organizmning ibtidosi va sababi, harakat manbaidir, deydi.
U insonga ijtimoiy, siyosiy mavjudot sifatida qaraydi. Insonni “siyosiy maxluq” deb ta'riflaydi. Uning fikricha, inson-ning ijtimoiy tabiati uni boshqa mavjudotlardan yuqori qo‘yadi. Aristotel insonning haqiqiy mohiyati uning faoliyati jarayo-nida namoyon bo‘ladi. Faoliyat inson shaxsi rivojlanishining yagona imkoniyatidir, degan qarashni ilgari surdi. Ya'ni, inson faoliyat ko‘rsatmasa, uning barcha yaxshi fazilatlari namoyon bo‘lmaydi. Hayotda ham xuddi olimpiya o‘yinlarida bo‘lgani singari g‘oliblik gulcham-barini tomoshabin go‘zallar va kuchlilar emas, balki musobaqa ishtirokchilari oladilar, Suqrot15 . Qadimgi Yunon faylasuflari, jumladan, Aflotun va Arastu g‘oyalarini Markaziy Osiyolik olimlar – Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqalar aristotelizmni keng targ‘ib etdilar va uni yangi g‘oyalar bilan boyitib, ijodiy rivojlantirdilar. Jumladan, Abu Nasr Forobiy (873-950) insonning Olloh tomonidan yaratilganligi to‘g‘risidagi diniy g‘oyani e'tirof etgani holda, inson mohiyatini ratsional tushuntirishga, uning mohiyatini tafakkur va mantiq qonunlari asosida izohlashga harakat qildi. Forobiyning fikricha, inson butun olam taraqqiyotining mah-sulidir. U o‘zining “Fozil odamlar shahri” asarida insonning bar-cha oliyjanob fazilatlari ilm tufayli ekanligini, inson hayoti-ning maqsadi baxtli bo‘lish ekanligini ko‘rsatdi. U mamlakat obo-donchiligi, el-yurt tinchligini adolatli va ma'rifatli hukmdor shaxsi bilan bog‘laydi. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) va Abu Ali Ibn Sino (980-1037) insonning boshqa mavjudotlardan ustunligi aql va tafakkur tufayli ekanligini isbotlashga, ilm sharofati bilan aql va tafakkurning kamol topishini asoslashga harakat qildilar. Inson mohiyatini bilishga ratsional yondashuv an'anasi musul-mon ilohiyotchisi Muhammad G‘azzoliy (Abu Hamid ibn Muhammad G‘azzoliy, 1059-1111)ning inson to‘g‘risidagi falsafiy qarashlari-ning rivojlanishiga olib keldi. U “Maqosidul falosifa” (“Fayla-suflarning maqsadlari”) asarida Forobiy, Beruniy va Ibn Sino qarashlarini keskin tanqid qildi va aristotelizmning tub mohiya-tini to‘laroq ochib berishga harakat qildi. U “insonning boshqa mav-judotlardan ustunligi aqlda emas, balki dildadir”, deydi. G‘azzo-liy aql imkoniyatlari cheklanmaganligini isbotlashga harakat qildi. G‘azzoliy “Kimyoi saodat” (“Baxt-saodatga zrishuv kaliti”) asarida inson vujudi (tanasi)ni bamisoli bir mamlakatga, inson dili (ruhi)ni podshoga, aqlni esa vazirga qiyosladi. Insonning sezgi a'zolarini vazir hukmlarini bajaruvchi askarlarga o‘xshatdi. Uning fikricha, aql inson vujudini to‘la boshqarishga ojizdir, u xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Dil esa yanglishmaydi, u vujudni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etish, mushkul muammmolarni yechish vaqtidagina aql maslahatlariga murojat qili-shi mumkin. Markaziy Osiyoda yetishib chiqqan buyuk muhaddis va mutasavviflar insonning ma'naviy-ruhiy (botiniy) olamini chuqurroq tadqiq etishga, inson ma'naviyatini yuksaltirishga ko‘proq e'tibor berdilar. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling