Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIX asr
- XIX-XX asrlar
- Rene Dekart (1596-1650)
Immanuel Kant (1724-1804)ning fikricha, antropologiya yoki insonshunoslikni dunyoshunoslik deyish mumkin, chunki inson dunyo-dagi eng asosiy predmetdir. “Inson nima?” degan savolni Kant o‘z falsafiy konsepsiyasining eng muhim savoli va bu savolga antro-pologiya unga javob berishi kerak, deb hisoblaydi. Hayotining so‘nggi yillarida u o‘z asarini “Pragmatika nuqtai-nazaridan antropo-logiya”, deb ataydi.
XIX asrning buyuk faylasufi Lyudvig Feyerbax (1804-1872) “Antropologiya tamoyili”ni o‘z ta'limotiga asos deb bilib, o‘z oldiga “inson falsafasi yoki antropologiya”ni yaratishni vazifa qilib qo‘ydi. Uning uchun inson – falsafaning yagona, universal va oliy predmetidir. Uning fikricha, inson mohiyatining birligi, tana va ruh, materiya va ruh qarama-qarshiligini bartaraf etish bu tamoyilning bosh g‘oyasidir. Feyerbax antropologizmi inson “tabiati” va “mohiyati”ni falsafiy tadqiqiga turtki bo‘lib xizmat qildi. XIX-XX asrlarda antropologik tamoyil o‘zining yetarli emasligi va falsafa rivojiga to‘sqinlik qilayotganligini namoyish etdi. M.Fukoning fikricha, falsafa yana bir bor uyquga ketmoqda, faqat endilikda dogmatizm uyqusiga emas, balki antropologizm uyqusiga. Inson mohiyatini tushunish uchun uning mavjudligining metafizik asoslarini tahlil qilish kerak (M.Xaydegger), bunday tahlilni esa hozirgi davr antropologiyasi amalga oshirolmaydi, buning uchun yangi davr madaniyati hosilasi (natijasi) sifatidagi inson doirasidan tashqariga chiqish lozim (M.Fuko)16. Yangi davr faylasuflari inson mohiyatini ratsional tushunti-rishga ko‘proq e'tibor berdilar. Ayniqsa, XIX asr tabiatshunos-larining butun olam taraqqiyotining evolyusion (tadrijiy) xarak-teri to‘g‘risidagi qarashlari buyuk ingliz olimi Charlz Darvin-ning evolyusion nazariyasida o‘z aksini topdi. Ch.Darvin “Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi” (1859) asarida tabiat va insonning xudo tomonidan yaratilganligi to‘g‘risidagi qa-rashlar biryoqlama va ilmiy haqiqatga zid ekanligini isbotladi. U o‘zining “Insonning kelib chiqishi va jinsiy tanlanish” (1871) asa-rida birinchi bo‘lib, inson organik evolyusiyaning harakatlantiruv-chi kuchi ekanligini ko‘rsatdi. U inson kelib chiqishining tabiiy ja-rayon ekanligini isbotlagan holda insonni hayvonot olamidan ajra-lib chiqishida ijtimoiy omillar (axloq, mehnat, til, oila, madaniyat va hokazolar)ning muhim rol o‘ynaganligini ko‘rsata olmadi. Yangi davr ijtimoiy-falsafiy tafakkuri inson mohiyati va uning kelib chiqishi to‘g‘risida xilma-xil va, xatto, bir-biriga zid bo‘lgan nazariyalar, falsafiy ta'limotlarni vujudga keltirdi. Bular orasida marksizm, freydizm, ekzistensializm, germenev-tika, sinergetika kabilarni ko‘rsatish mumkin. Marksizm inson mohiyati va kelib chiqishini biryoqlama tushuntirdi, insonning ma'naviy borlig‘iga nisbatan moddiy borli-g‘ini ustun qo‘ydi, tabiiy omillarga nisbatan ijtimoiy omillar-ning hal qiluvchi rolini ko‘rsatishga harakat qildi. U ong va tafak-kurning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyatiga yetarlicha e'tibor bermagan edi. Yangi davr faylasuflari inson borlig‘ining asosini aql va erkinlik tashkil etadi, deb hisobladilar. Fransuz fayla-sufi Rene Dekart (1596-1650) tafakkurni inson mavjudligining zaruriy sharti va muhim belgisi, deb hisobladi. “Men fikrlayapman demak, men mavjudman” degan g‘oyani ilgari surdi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling