Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekzistensializm
- Nemis
Dekart, Gobbs, Spinoza va boshqa faylasuflarning fikricha, “aql qalbdan ko‘ra muhimroqdir, aql his-tuyg‘u va ehtiroslarni boshqaradi”.
Nemis faylasufi Gegel (1770-1831) insonning tarixiyligi g‘oyasini ilgari surdi. Uning fikricha, inson o‘zida “mutlaq ruh”ni yaqqol namoyon etadi. Inson mutlaq ruh taraqqiyotining mahsulidir. Inson ma'naviy faoliyat sub'ekti sifatida madaniyat yaratuvchidir. Z.Freyd insonda onglilik emas, balki ongsizlik muhim ahamiyat kasb etadi, deb hisobladi. Madaniyat, san'at, ilm-fanning rivojlanishini insonga xos tug‘ma jinsiy maylning cheklanishi bilan izohladi. Ekzistensializm vakillarini ko‘proq insonning individual jihatlari qiziqtirdi. Ekzistensialistlar ob'ektiv idealizm, ma-terializm g‘oyalarini inkor etib, inson mohiyatini izohlashda, uning hissiy kechinmalarini tahlil qilishga, hayot va o‘lim, yolg‘izlik, qo‘rquv va boshqa kechinmalarni o‘rganishga ko‘proq e'tibor berdilar. Ayrim tadqiqotchilar insonga xos bo‘lgan biron-bir xususiyatga alohida urg‘u beradilar va shu orqali insonning mohiyatni ochishga harakat qiladilar. Masalan, Nemis faylasufi I. Kant insondagi axloqiy jihatlarga ko‘proq e'tibor bergan va insonni ezgulikni yovuzlikdan farqlovchi mavjudot sifatida ta'riflagan. Demak, hozirgi zamon falsafasi insonni bioijtimoiy mavju-dot sifatida ham tabiiy-biologik, ham ijtimoiy-tarixiy taraqqi-yotning mahsulidir, degan xulosaga asoslandi. Insonni sof biologik - tabiiy taraqqiyot mahsuli sifatida talqin etish (freydizm) ham, ijtimoiy munosabatlar majmui (marksizm) sifatida izohlash ham ilmiy haqiqatga zid va biryoqlamadir. Butun tabiatdagi tabiiy rivojlanishning davomiyligini ta'minlash uchun inson singari aqlli mavjudot zarur edi. Inson o‘z aqli tufayli bilim va tajribalarini kelgusi avlodlarga meros qilib qoldiradi. U tabiiy sistemaga o‘xshash ijtimoiy sistemani yaratish imkoniga egadir. Inson bioijtimoiy mavjudot sifatida ayni bir vaqtda ham genetik, ham ijtimoiy dasturni amalga oshiradi, o‘z ajdodlaridan turli layoqat, qobiliyat, iste'dod, xususiyat, hislatlarni hamda bi-lim, tajriba va madaniyatni meros qilib oladi. Uzoq yillar davo-mida insonni boshqa mavjudotlardan farqlaydigan muhim sifat aqldir, deb kelindi. Insonga berilgan biologik nom “hamo sapiens” (lot. “aqlli odam”)da ham bu sifat o‘z ifodasini topgan edi. Aql – insonning fikrlash qobiliyatidir. Boshqa mavjudotlar bunday qobiliyatga ega emas. Binobarin, aql tufayli insoniyat hayvo-not olamidan ilgarilab ketishi emas, balki yuz tuban quyiga ketishi ham mumkin. Bunga XX asr oxirlarida butun insoniyat amin bo‘ldi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling