Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Hozirgi zamon antropologik falsafasining inson mohiya-ti to‘g‘risidagi xulosalari quyidagicha
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
Hozirgi zamon antropologik falsafasining inson mohiya-ti to‘g‘risidagi xulosalari quyidagicha:
1. Inson tabiatan noyob va universaldir. U tabiat rivojining buyuk mahsuli, noyob qobiliyat sohibidir. Inson uchun instinkt ham, nozik did ham, ulug‘vorlik va yaratuvchanlik ham xosdir. 2. Insonda ichki va tashqi olam mujassamlashgan. Insonning ichki olami faoliyatning turli shakllarida - mehnat, muloqot, badiiy ijod, xulq-atvor va shu kabilarda namoyon bo‘ladi. 3. Inson juda ko‘p qismlardan tashkil topgan yaxlit birlikdir. Har bir insonda tabiiylik, ijtimoiylik, aqllilik, hissiylik, axloqiylik mujassamlashgan. 4. Inson tarixiy mavjudotdir. U o‘zining ana shu xususiyati bilan kelajagini yaratadi. Inson ertangi kuniga doimo tashvish bilan qaraydi, chunki uni har doim inqirozlar, omadsizliklar ta'qib etadi. 5. Inson mas'uliyat hissidan qochib qutulmaydi. U gumanistik pozitsiya va individuallikni uyg‘unlashtirish orqaligina shunday vaziyatdan chiqa oladi. Inson nihoyatda murakkab, ko‘p qirrali va ko‘p o‘lchamli mavju-dot bo‘lib, uning mohiyatini tushunib yetish uzoq vaqt davom etadigan jarayondir. Insonda butun olam va jamiyatning mohiyati mujassam-lashgandir. Falsafada bahs yuritiladigan barcha masalalar inson muammosi bilan bevosita daxldordir. Shu ma'noda, inson, avvalo, o‘zi uchun zarur bo‘lgan fanlar, ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan. Tabiat, madaniyat, siyosat, sivilizatsiya, bilish kabi masalalar inson manfaatlari va insoniy mohiyatning namoyon bo‘lish shakllaridir. Ularning barchasi inson tabiati va mohiyati bilan bog‘liqdir. Yuqoridagi qarashlar inson mavzuining nihoyatda serqirra va murakkab ekanligini, u bilan bog‘liq muammolarga nisbatan turli xil yondashuv va qarashlar mavjudligini yaqqol ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida nafaqat bugungi kunda, balki kelajakda ham inson bilan bog‘liq muammolar falsafaning asosiy mavzularidan biri bo‘lib qolaveradi. Inson mohiyati to‘g‘risidagi falsafiy muammolar barcha davr-larda ham o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ldi. Lekin, inson muammosi faqat falsafaning tadqiqot ob'ekti bo‘lib qolgani yo‘q, balki u boshqa fanlarning ham diqqat markazida bo‘ldi. Inson masalasi bilan shug‘ullanuvchi bir qator fanlar – xususan, biologiya va tib-biyot, sotsiologiya va iqtisod, psixologiya va pedagogika, antropologiya kabi ko‘pgina fanlar insonning ayrim jihatlari to‘g‘risida o‘z nuq-tai nazarlari doirasidan turib bilim beradilar, xolos. Falsafa esa, insonni yaxlit, bir butun holda o‘rganadi. Falsafa tarixida insonni bilishga qaratilgan turli xil yondashuvlarni ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, tabiatni hamma narsadan ustun qo‘yuvchi naturalistik yondashuv – tabiiy sentrizm va u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan naturalizm prinsipi shular jumla-sidandir. Bu yerda inson – tabiat farzandi. Uning barcha xato va kamchiliklari boshqa har qanday tabiiy jarayonlar singari o‘rinli hamda tabiiydir. Qadimgi davr mutafakkirlariga xos bo‘lgan kosmotsentrik yondashuv. Kosmotsentrik yondashuv – kosmosning hamma narsani, shu jumladan, insonning mohiyati va tabiatini ham belgilovchi ta'si-riga ishora qiluvchi dunyoqarash, bo‘lib hisoblanadi. O‘rta asrlarda insonning mohiyatini bilishga qaratilgan teotsentrik yondashuv. U oliy, g‘ayritabiiy mavjudotni dunyoning asosiy va eng muhim omili, deb e'lon qilgan. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling