Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- K.Marks talimoti
- Inson hayotining mazmuni va manosi
Sotsiologizatorlik ta'limoti esa inson tabiatini ijti-moiy ahamiyatga molik sabablar bilan tushuntiradi va insonning ijtimoiy funksioner, “qandaydir genlar”ga e'tibor bermasdan foydalanish mumkin bo‘lgan davlat mashinasi unsuri sifatidagi obrazini yaratadi. “Inson barcha ijtimoiy munosabatlar majmui-dir”, degan shior aynan ijtimoiylik inson hayoti substansiyasi, negizini tashkil etishini tushunish imkonini beradi.
Sotsiologizatorlik yondashuv asosan K.Marks ta'limotiga asoslanadi. Marksizm ta'limotiga ko‘ra, inson tabiatini belgi-lashda hal qiluvchi rolni ijtimoiy muhit o‘ynaydi. Bu kabi bir yoqlama yondashuv inson muammosi bilan shug‘ullanuvchi tabiiy fanlarga o‘zining salbiy ta'sirini o‘tkazadi. Shunday qilib, inson uchta buyuk qudrat: tana, ruh va ma'naviyat-ning yig‘indisidan iboratdir. Insonning biologik holati deganda, uning tanasida, ya'ni jismida sodir bo‘ladigan morfofiziologik, genetik, asab-miyasida ro‘y bergan va berayotgan elektrokimyoviy o‘zgarishlar, yoshi, irqi, jinsini xarakterlovchi alomatlar tushuni-ladi. Insonning ruhiy holati deganda, uning his-tuyg‘ulari, kay-fiyati, xarakteri, irodasi, temperamenti tushuniladi. Insonning ma'naviyati, jamiyatda mavjud bo‘lgan obektiv shart-sharoitlar va sub'ektiv omillar, ayniqsa, barcha ijtimoiy insti-tutlar amalga oshirgan tarbiyaviy-mafkuraviy ta'sir natijasida shakllangan fazilatlar, xislatlar, qobiliyatlar, malakalarning yig‘indisi tushuniladi. Ma'naviyat insonning ijtimoiy qiyofasini vujudga keltiruvchi generator vazifasini bajaradi. Ma'naviyatning shakllanishida inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi ishtirok etadi, jamiki mavjud bo‘lgan butun bilimi, tajribasi, iste'dodi namoyon bo‘ladi. Xuddi shuning uchun ham inson ijtimoiy qiyofasini xarakterlovchi eng muhim ko‘rsatkich – ma'naviyatdir. Inson hayotining mazmuni va ma'nosi, ayniqsa, uning o‘lishi yoki o‘lmasligi muammosi doimo falsafiy oqimlarning diqqat markazida bo‘lmoqda. Inson o‘limi masalasi hozirgi zamon fayla-suflari orasida turli tortishuvlarga, munozaralarga sabab bo‘layot-gan muammolardan biridir. Ayniqsa, “inson o‘lish huquqiga egami?”, – degan muammo nafaqat olimlar balki jamoatchilik orasida ham turli bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Insonni o‘z ixtiyori bilan hayotdan ketishi (“o‘zini-o‘zi o‘ldirish”) masalasida ham turlicha qarashlar mavjud. Xususan, diniy dunyoqarash insonni o‘z ixtiyori asosida hayot bilan xayrlashuvini qattiq qoralaydi. Islom dini qoidalariga ko‘ra, o‘z-o‘zini o‘ldirgan kishiga, hatto janoza o‘qitil-maydi. Xristian dini talablariga ko‘ra, bunday kishilarning jasa-dini mozorga ko‘mish taqiqlanadi. Bugun fan-texnika jadal suratlar bilan rivojlanayotgan bir paytda inson o‘limi tibbiyot tomondan qattiq nazorat ostiga olini-shi ushbu muammoning dolzarbligini yanada oshirib yubordi. Chunki, hozirgi evtanaziya (yunoncha, “evtanaziya” – “og‘riqsiz o‘lim” ma'nosini bildiradi), ya'ni og‘riqsiz o‘lim masalasida ham turli bahs-munozaralarni ko‘rishimiz mumkin. Evtanaziya tarafdorlari – antipaternalistlar deb yuriti-ladi. Ularning fikricha, inson o‘lish huquqiga ega bo‘lmog‘i, uning bunday huquqi maxsus qonun yordamida rasmiylashishi kerak, bu qonunga muvofiq o‘limni o‘ziga ravo ko‘rgan kishining hayot bilan xayrlashuvi boshqalarga zarar keltirmasligi lozim. Insonning o‘z ixtiyori bilan o‘lishi boshqalarga zarar keltirsa, bunday holat ahloq me'yorlariga zid bo‘ladi. Paternalizm tarafdorlari esa, insonning o‘zini-o‘zi o‘ldirishi umuminsoniy ahloq me'yorlariga zid deb tushun-tiradilar. Inson hayoti muqaddasdir deb qaraydilar. Yuqoridagi munozaralardan insonda o‘limni anglash madaniyati bo‘lishi ham tarixiy zaruriyat ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Bu “madaniyat”-ning asosida optimizm – umidvorlik yoki pessimizm – umidsizlik yotishi mumkin. Ya'ni, inson hayoti, uning aql-zakovati, ma'naviy qiyofasidagi insonparvarlik, realizm bilan bevosita bog‘liqdir. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling