Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet81/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Antroposotsiogenez (yun. “antropos” va “genesis” - inson, kelib chiqish) muammolari. Inson antropogenezi, sotsiogenezi, uning biologik, fiziologik, psixologik rivojlanish tamoyillari, shakl-lanish jarayonlari, evolyusiyasi bir qarashda fanda o‘zining isboti-ni topganday ko‘rinsa-da, aslida esa hali fan insonning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi aniq bir xulosaga kelmaganidan dalolat beradi.
Insonning vujudga kelishi to‘g‘risidagi ilmiy qarashlarning bir yo‘nalishi tadrijiylik nazariyasiga asoslangan. Bu jarayon bevo-sita yer sayyorasining fizik, kimyoviy, biologik tuzilishi bilan alo-qador bo‘lgan fikrlarga asoslanadi. Boshqa bir olimlar guruhi esa Quyosh tizimining ilk tumanliklar nazariyasini asos qilib olisha-di. Unga ko‘ra, tabiat hodisalari, koinotda yuz berayotgan o‘zgarishlar, fazoviy holatlar natijasida yuzaga kelgan sharoitlar insonning vujudga kelishi va rivojlanishi uchun qulay muhit bo‘lganligini isbotlashga urinishmoqda.
Inson antropogenezisi bilan shug‘ullanuvchi olimlarning fikriga ko‘ra insonning paydo bo‘lishi va uning “aqlli odam” dara-jasiga yetguniga qadar yuz million yillar o‘tgan. Insonning eng qadimgi ajdodlari sifatida gominitlar tipi aniqlangan. Dastlab-ki nutq elementlarining vujudga kelishi, tovush orqali fikrlarni ifodalash, qo‘l-oyoq yordamida turli xil harakatlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan maymun-odam shaklidagi inson bundan ikki-uch million yil muqaddam vujudga kelgan va u tadrijiy rivojlanish natijasida o‘zini murakkab mavjudot sifatida namoyon qildi. Ana shu murakkablik uning tana tuzilishida, yashashga bo‘lgan intilishida, ilk aqliy kurtaklari va ong elementlarining paydo bo‘lishida ko‘rinadi. Shu jihati bilan ular fanda qadimgi odam maqomini olishgan.
XIX asrda ingliz olimi Charlz Darvin evolyusion nazariya-siga irsiyat va o‘zgaruvchanlik omillarini asos qilib oladi. Biroq uning bu ta'limoti hali genetika fani yuzaga kelmagan, insonning biologik, psixologik va sotsial xususiyatlari haqidagi xulosalar shakllanmagan vaqtda vujudga kelganligini namoyon qildi. Sababi, unda ijtimoiy masalalar, xususan, insonning ijtimoiy mohiyati, tuyg‘u, ong va aql bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyati o‘zining ifodasini topmagan. Bundan ko‘rinib turibdiki, mazkur ta'limot ham biz bahslashayotgan mavzuda o‘zining tugal yechimini topmagan.
Evolyusion nazariya vujudga kelgach, inson paydo bo‘lishining mehnat nazariyasi yaratiladi. Bu nazariyaga ko‘ra aynan mehnat qurol-larini yasashdan boshlangan mehnat faoliyati insonning paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Mazkur nazariyaga ko‘ra insonning qaysi hayvondan qanday tarzda va qanday holatda kelib chiqqanligi haqi-dagi masalalarga javob izlanadi. Afsuski, bu nazariyaga ko‘ra inson-ning maymundan kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi fikrlar haligacha o‘zining isbotini topmagan. XX asrda kosmanavtikaning rivojlani-shi va koinotni o‘zlashtirishning yangi davri boshlanishi bilan inson antropogenezisining boshqa bir qator nazariyalari bilan bir qatorda koinot nazariyasi ham yaratiladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling