Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet82/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Akademik N.T.Bexterevaning qarashlariga ko‘ra inson koinot-dagi boshqa sayyoralardan yerga kelib, asta-sekinlik bilan ko‘payib ketgan. Bu kabi qarashlarning yuzaga kelishiga sabab, inson miyasi-ning beqiyos darajada keng imkoniyatlarga ega ekanligi, inson esa o‘zining butun umri davomida bu imkoniyatlardan juda kam miqdorda foydalanayotganligi bilan tavsiflanadi.
N.T.Bexterevaning qarashlariga hamohang tarzda Shveytsariya-lik olim Erix Deniken o‘zining “Kelajak haqida xotiralar” kitobida yerdan tashqarida sivilizatsiyalar mavjudligi, qachonlar-dir ana shu sivilizatsiya vakillari yerga kelishgani natijasida in-sonning gominid ajdodlarida irsiy, fiziologik va biologik o‘zga-rishlar ro‘y berishi oqibatida o‘sha davr odamlarida aqliy salohiyat va nutq imkoniyatlari kengayib borgan, deya ta'kidlaydi. Erix Deniken o‘zining bu fikrlariga yerda, xususan, Iroq va Misrda topilgan kristall linzalarni, to‘qilgan matolarni va mazkur mato-lardan tikilgan kiyim-kechaklarni hamda ilk elektr batareyalarni misol tariqasida keltiradi.
Odamning vujudga kelishi uzoq yillar davom etgan tadrijiy jarayondir. Odamzodning vujudga kelishi (antropogenez) va ma'lum bir jamiyatga birlashish (sotsiogenez) jarayoni, olimlarni guvohlik berishicha, taxminan 3-3,5 million yil davom etgan. Shuning uchun ham antropogenez va sotsiogenez yagona bir jarayonning ajralmas ikki tomoni hisoblanadi. Antropogenez jarayonida mehnat asosiy rol o‘ynaydi. Mehnat tufayli inson o‘zi yashayotgan tabiiy muhitni o‘zgartiradi, moddiy va ma'naviy boyliklar yaratadi, hatto o‘zini ham o‘zgartiradi. Inson organizmdagi sof fiziologik funksiyalar – qo‘l va oyoqlarning, bosh va barmoqlar, tog‘aylar, paylar, suyak va mus-kullarning taraqqiy etishi ham bevosita mehnat bilan bog‘liq bo‘l-gan. Bundan tashqari, mehnat insonni nafaqat jismoniy, balki ma'-naviy, madaniy taraqqiyoti uchun ham asosiy shart-sharoit vazifasini bajardi. Mehnat tufayli inson tabiatga faol ta'sir etdi, mehnat qurollari yasash va ularni takomillashtirish muntazam davom etdi.
Antroposotsiogenezning muhim xususiyati, inson tomonidan yaratilgan mehnat qurollari o‘zida ular bilan faoliyat yuritish us-lublarini ham jamlaydi. Inson qobiliyatlar va intilishlar yig‘in-disidan iboratligi uchun ana shu uslublarni o‘zlashtirishi va tako-millashtirishi antroposotsiogenezning mazmunini tashkil etadi.
E.Kassirer uchun inson nafaqat ratsional mavjudot, balki u simvollar dunyosida yashovchi mavjudot, deya e'tirof etadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling