Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Amerikalik faylasuf va madaniyatshunos olim L.Memford
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Insonda biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarning namoyon bo‘lishi.
- E.Uilson “Sotsiobiologiya: yangi sintez”
- Z.Freyd va E.From
- Odam”, “inson”, “individ” va “shaxs” tushunchalarining talqini. “Odam”
Amerikalik faylasuf va madaniyatshunos olim L.Memford o‘tgan asrni mehnat qurollari va mashinalarni qayta baholash asri, deya e'tirof etadi. Sababi bu davr mobaynida insonni mehnat qurollarini yaratuvchi mavjudot sifatidagi ta'rifi ustunlik qildi. Lekin mehnat qurollarini yasash jarayoni inson miyasining takomillashuviga bevosita olib kelmaydi.
Insonning hayvondan ustunligi – uning o‘z aqli bilan boshqa-riladigan jismini takomillashtira olganligidir. Bu tarnsforma-siya jarayonida texnika yordam beruvchi vosita edi. Bu bilan antropo-sotsiogenezning muammolari yechilmaydi. Bu muammolar ustida olimlar hanuzgacha bosh qotirib kelmoqdalar. Umuman olganda insonning kelib chiqishi va uning taraqqiyoti omillari, shart-sharoitlari haqida bugungi fanda aniq bir to‘xtamga kelinmagan. Zotan, insonning murakkab jonzot sifatidagi biolo-gik, fiziologik, genetik, ruhiy, aqliy imkoniyatlari fan oldida ochilmagan jumboq bo‘lib kelmoqda. Sababi, jonzotlarning o‘ziga xos tur sifatida mavjudligi fanda qanchalik ma'lum bo‘lsa, ularning bir-biriga o‘xshash jihatlari, o‘ziga xos bo‘lgan instinktiv holat-lari shunchalik o‘rganilmagan. Bizga ma'lumki, inson jonzot sifa-tida o‘zining noyob tabiati, beqiyos aqliy salohiyati, cheksiz tafakkur qirralari, ruhiy olami, ma'naviy va aqliy dunyosi bilan noyob voqyelik hisoblanadi. Aynan uning mana shu imkoniyatlari jonzotlar orasida uni oliy qadriyat darajasiga ko‘taradi. Lekin shuni aytib o‘tish kerakki, har bir mavjudot, har qanday jonzot noyob va takrorlanmasdir. Insonda biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarning namoyon bo‘lishi. Insonning tabiati va mohiyati to‘g‘risida 2 xil qarashni ko‘rishimiz mumkin. Birinchi qarashga ko‘ra, inson to‘liq biologik mavjudotdir; ikkinchi qarashga ko‘ra, inson faqat ijtimoiy mavjudot. Dastlabki qarash tarafdorlari (A.N.Leontev) Zagorsk shahrida o‘tkazilgan eksperimentni misol qilib olishadi. Ko‘r, kar va gung bolalar internatida Broyl alifbosi asosida o‘qish, gapi-rish, ovqatlanish va mehnat qurollaridan foydalanish ko‘nikmalari hosil qilinib, hatto ularning to‘rt nafari MDUning psixologiya fakultetini ham bitirganlar. Ikkinchi qarash tarafdorlaridan E.Uilson “Sotsiobiologiya: yangi sintez” kitobida insonga xos xatti-harakat stereotiplari ba'zi sut emizuvchi hayvonlarga ham xos ekanligini ta'kidlaydi. Misol uchun, altruizm, o‘z yashash joyini qo‘riqlash, nepotizm (oila bo‘lib yashash) va boshqalar. Shuningdek, Hozirgi zamon G‘arb falsafasining vakillari inson mohiyatini bilishda psixologik va ruhiy holatning o‘rniga ham e'tibor berishadi. Z.Freyd va E.Fromning fikricha, inson borlig‘i moddiylik va ma'naviylikning uzviy birligidan iborat bo‘lsada, unda psixologik va ruhiy holat muhim ahamiyat kasb etadi. Faqat ong, aql va ruhgina emas, balki ongsizlik, instinktlar va mayllar inson xulq-atvori shakllarini qamrab oladi. Demak, inson o‘zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlash-tirgan aqlli mavjudot. Insonning biologik xususiyatlari – ovqat-lanish, o‘zidan nasl qoldirish, moslashish, himoyalanish va boshqalar. Inson o‘zining ijtimoiy xususiyatlari bilan hayvondan ajralib turadi. Masalan, til, muomila, ong, bilim, mehnat qurollarini yaratish, iste'mol qilish, boshqarish, o‘z-o‘zini idora qilish, nutq, tafakkur va boshqa-lar kiradi. Insonning psixik xususiyatlari – ruhiy kechinmalar, hayratlanish, qayg‘u, azoblanish, zavqlanish va h.k. Falsafa tarixida inson to‘g‘risidagi ta'limotlarda biologizm, sotsiologizm, psixologizm kabi yo‘nalishlar vujudga kelgan. Biologizm insonning tabiiy-biologik xususiyatlariga, psixologizm esa ma'naviy, ruhiy, psixologik xususiyatlariga bir yoqlama yondashishga asoslangan edi17. “Odam”, “inson”, “individ” va “shaxs” tushunchalarining talqini. “Odam” tushunchasi shaxs va inson tushunchalaridan kengroqdir. Bu tushuncha faqat turga mansublikni ifodalash bilan undagi ijtimoiy jihatlarni ham inkor qilmaydi. Odamda biologik ehtiyojlarni qondirish oldingi o‘rinda tursa, insonda moddiy ehtiyojlarini o‘zi yashayotgan jamiyat qadriyatlari doirasida qondirishga intilib yashash ustuvorlik qiladi. “Inson” tushunchasi esa “odam” tushunchasiga juda yaqin bo‘lib, u jamiyat tomonidan umum e'tirof etilgan qonun-qoidalar, axloq normalariga qattiq rioya qilgan holda yashash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. “Individ” (lot. “individum” – “bo‘linmas”) tushunchasining hajmi nihoyatda keng bo‘lib, o‘z ichiga har qanday insonni (jismonan sog‘lom va majruh, axloqan yetuk va aqli ojizlarni ham, oddiy insonlar va buyuk tarixiy shaxslarni ham) qamrab oladi. Binobarin, har qanday odam individdir. Bu tushunchada insonning na biologik, na ijtimoiy sifatlari o‘z ifodasini topmaydi. Shu manoda “individ” va “shaxs” tushunchalari o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, bir-biri-dan keskin farqlanadi. “Individ” deganda umuman inson zotiga mansub bo‘lgan ayrim-lik tushuniladi. Individ umumiylikning ayrim holda namoyon bo‘li-shidir. Shu boisdan ham bu tushuncha alohida tavsiflanmaydi. U hamisha shaxssizdir. Inson shaxsi predmetli olamni tushunish, idrok etish jarayonida shakllanadi. Kishilar shaxs bo‘lib tug‘ilmay-dilar, balki shaxs bo‘lib shakllanadilar. Shaxs – konkret shart-sharoitning, ijtimoiy muhitning mahsulidiir. Individning mohiyatini asoslashga karatilgan qarashlar “indi-vidualizm” tushunchasida ifodalanadi va u shaxsni jamoaga qarama-qarshi qo‘yish, shaxsiy manfaatlarni jamiyat manfaatlaridan ustun ko‘yishni ifodalovchi tamoyil sifatida xususiy mulkning paydo bo‘lishi bilan bir paytda shakllangan. Individualizmning eng qadi-miy nazariy ifodasi kiniklar ta'limoti hisoblanib, bu maktab vakillarining Antisfen, Diogen Sinopskiy, Kratetlarning fikri-cha, mohiyatan soxta bo‘lgan ijtimoiy aloqalar, madaniy ko‘nikma-larning barchasiga barham berish zarur. Individ ma'nan faqat o‘zigagina tayanishi mumkin. An'anaviy vatanparvarlik axloqiga zid ravishda o‘zlarini “dunyo fuqarolari” - kosmopolitlar deb e'lon qilgan kiniklar har qanday jamiyatda o‘z bilganlaricha, o‘z qonunlari bilan yashamoq g‘oyasini ilgari surdilar, har qanday axloqiy chegara-larni inkor etdilar. Bunda shaxs avtonomiyasini asoslashga intilish o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Kiniklar faoliyatida individua-lizmning amaliyoti ham namoyon bo‘lgan. Masalan, Diogen o‘ziga nisba-tan “jamoasi, uyi, vatani yo‘q” degan formulani qo‘llashni yaxshi ko‘rgan, bochkada kishilar bergan sadaqa hisobiga kun kechirgan. Dio-gen tashqi ta'sirlardan bunday mustaqil holda yashashni oliy baxt, deb hisoblagan edi. Uyg‘onish davri G‘arb falsafasida individua-lizm muayyan konsepsiya sifatida shakllandi. Shuningdek, dunyoning turli mintaqalarida ssientistik, texni-sistik yondashuvlar inson shaxsi rivojiga qarshi qaratilgan deb talqin qilinayotgan bir paytda individualizmni o‘ziga xos harakat sifatida ham baholash mumkin. Bu afsuski nigilizm, skeptitsizm, sinizm ko‘rinishlarida ham namoyon bo‘lmokda. Ayni paytda indivi-dualizm tarixda bo‘lgani kabi, hozir ham kosmopolitizm, volyunta-rizm, anarxizm, egoizm kabi keskin ko‘rinishlarda ko‘zga tashlanmoqdaki. “Shaxs” alohida kishi, ijtimoiy-axloqiy mohiyatni o‘zida mujassamlashtirgan individ ma'nosini anglatadigan tushunchadir. Bu tushuncha faqatgina ijtimoiylikni anglatib, falsafada musta-qil kategoriya sifatida o‘rganiladi. Shaxs haqida turli xil talqinlar mavjud. Shaxs – biofiziologik, ijtimoiy, ma'naviy, axloqiy va estetik fazilat va xislatlarniig yaxlit bir butunlikka aylanishi hamda munosabatlar tizimi bilan qamrab olinishidir. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling